• BIRJA BYULLETENI
  • BIRJA DAROMADI
  • BIRJA DOIRASI (maydonchasi)
  • BIRJA FAOLIYATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet104/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA BOSHQARMASI (nem.) — birjani boshqarishning tayinlanadigan yoki saylanadigan organi.
    BIRJADAGI BROKER — 1) ishlab chiqaruvchi va diler yoki diler va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan agent sifatida chiquvchi vositachi. Faqat komissionlar tarzida mukofot oladi; 2) Birja brokeri - ishlab chiqarish va diler yoki diler va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda agent sifatida chiquvchi vositachi. Faqat komission tarzida mukofot oladi. Birja doirasida bitimlarni amalga oshiradi.
    BIRJA BYULLETENI – 1) birjaning ma’lumotnoma nashri. Unda savdo, taklif, talablarning umumiy hajmi haqida, baholar va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilib boriladi; 2) birjaning davriy organi, bunda qimmatbaho qog‘ozlar kurslari va tovarlar bahosi e’lon qilinadi. Ayrim birjalarning B.b. har bir birja mulkining oborot summasi ko‘rsatiladi. Agarda belgilangan kunda tovarlar va qimmatbaho qog‘ozlar bilan bitimlar tuzilmay qolsa, kurs o‘rniga baho ma’lumoti e’lon qilinadi. B.b .qoidaga ko‘ra har kuni chiqariladi va savdo-sanoat gazetalari va jurnallarida bosiladi.
    BIRJA DAROMADI — odatda birjalar koorporativ soliq to‘lashdan ozod etilgan, foyda olmaydigan assotsiatsiyalarni ifodalaydi. Ular daromadining asosiy moddalari quyidagilar hisoblanadi: birja firmalaridan har bir buyurtma uchun tutib qolinadigan, savdo zalida bajariladigan aksiz (bitimga soliq), ular aksiyalarini birja ro‘yxatiga kiritganlik uchun kompaniyalar haqi; birja tomonidan ular listingini yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan yillik kompaniya badallari; listingda, ularning kapitallari tuzilmasida o‘zgarish bo‘lganligi munosabati bilan, o‘zgarish bo‘lganligi uchun kompaniyalar haqi; joriy zararlarni qoplash yoki rezerv hosil etishga birja firmalarining epizodik badallari (muntazam bo‘lmagan), ya’ni a’zolarning kirish badallari; jarimalar.
    BIRJA DOIRASI (maydonchasi) — 1) Fyuchers bozori (ayniqsa birja topshirig‘i ko‘zda tutilganda). Bu termin bir qancha Yevropa birjalaridagi birjachilarning doira bo‘lib turishlari yoki o‘tirishlari bilan tushuntiriladi; 2) Birinchi birjalarda hisob-kitob kelishuvining primitiv shakli, shunga muvofiq brokerlar sotib oluvchilar va sotuvchilar zanjiri yoki maydonchasi bo‘yicha kontrakt harakati kuzatib turiladi, to‘lash esa faqat farqdan beriladi.
    BIRJA FAOLIYATI – 1) birja savdolarining tashkil etish hamda talab va taklifning haqiqiy nisbatini aniqlash asosida birja tovarlarining narxlarini chiqarish orqali tovarlarning bozorini yaratishga qaratilgan harakatlar yig‘indisidan iborat; 2) tovarlarga bo‘lgan talab va ularni taklif qilishning amalda mavjud bo‘lgan nisbatlarini aniqlash hamda ularni hisobga olgan holda narx-navoni shakllantirish asosida birja tovarlarining ulgurji bozorini vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar majmui. Birja faoliyati va birjalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyati ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Valuta, tovar xom-ashyo, fond, mehnat, xususiy birjalar turlari mavjud.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.