• BIRIKTIRILGAN DAROMADLAR
  • BIRJA (goll.beurs, nem. Borse- hamyon)
  • BIR SO‘MLIK TOVAR MAHSULOTIGA KETGAN XARAJAT




    Download 0,64 Mb.
    bet102/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIR SO‘MLIK TOVAR MAHSULOTIGA KETGAN XARAJAT - ishlab chiqarish tannarxini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
    BIRGALIKDA HARAKATLANTIRISH — mahsulotni o‘tkazish va sotish bo‘yicha bir tadbir bo‘lib, bu tadbir o‘tkazilayotganda bir mahsulot boshqasi bilan bir mahalda reklama qilinadi. Masalan, kofening yangi navi taniqli choy savdo markasi, plyonka fotoapparat, dasturiy ta’minot esa kompyuter bilan birga reklama qilinishi diqqatga sazovor. Bunga o‘xshagan tadbir amalga oshirilayotganda tovarga biriktirib qo‘yiladigan yoki mustaqil ravishda taqsimlanadigan kuponlar, vaucherlar va boshqa elementlardan foydalanilishi mumkin.
    BIRIKTIRILGAN DAROMADLAR — o‘zlarining tegishli budjetga biriktirilganligiga qarab to‘liq yoki qa’tiy belgilangan hissada (foizda) doimiy ravishda yoki ma’lum bir muddat davomida u yoki bu budjetga tushuvchi daromadlar (soliqlar).
    BIRINCHI DIFFERENSIAL YER RENTASI — yer maydonlarining unumdorligi va bozorga yaqinligi tufayli vujudga keladigan va yer egalari o‘zlashtiradigan ustama foyda.
    BIRJA (goll.beurs, nem. Borse- hamyon) — 1) mahsulot, valuta va qimmatbaho qog‘ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma’lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko‘rsatgani uchun vositachilik yig‘imini oladi; 2) birja savdo-sotig‘i bo‘ladigan joy; 3) Birja – bu yuridik shaxs bo‘lib, oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkor birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish orqali birja tovarlari savdosi uchun shart-sharoit yaratadi; 3) Birja (nem., grek.) — muntazam turuvchi qonunlashtirilgan joy, tovarlarni (tovar), chet el valutasini (valuta) standartlar va namunalari bo‘yicha sotuvchi yoki ish kuchini yollanganda (mehnat birjasi) vositachilikni amalga oshiruvchi qimmatbaho qog‘ozlar ulgurji (ba’zan chakana) savdo bozori. Boshqa kam tarqalgan har xil birjalar ham ma’lum. Qoidaga ko‘ra birja qo‘mitasi B.ning rahbar organi hisoblanadi. B. brokerlar (maklerlar), dilerlar faoliyati joyidir. Hozirgi vaqtda B. ishida kompyuter shoxobchalari va hozirgi zamon aloqa vositalaridan keng foydalaniladi, bu axborotlar operativ ayirboshlash imkonini beradi va birja operatsiyalarini o‘tkazishda samaradorlikni oshiradi. B. prezidenti undagi bosh vazifador shaxs hisoblanadi. Uni B.rahbar organi bo‘limiga boshqaruv organiga tayinlaydi. B .rahbar organi uni boshqaradi; uning siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bu Aksionerlar kengashi, pravlenie yoki kishilarning boshqa guruhi bo‘lishi mumkin; 4) Birja – bozorning bir turi. Avvaldan tayinlangan manzil va vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo – sotiq o‘tkazish orqali birja tovarlarni bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart – sharoitlar yaratuvchi, yuridik shaxs hisoblanadigan korxona.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BIR SO‘MLIK TOVAR MAHSULOTIGA KETGAN XARAJAT

    Download 0,64 Mb.