|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 99/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BEKVORDEYSHN (ing.) — naqd tovarga baho muddatli bitimlar bo‘yicha bahodan yuqori, yaqin muddatda tovar yetkazishga qaraganda oshiq bo‘ladigan vaziyat (antonim- kontango). Masalan, fevralda (1 t. uchun dollar hisobida soya dukkaklilarning naqd bahosi) 300, martda 290, mayda 280, iyulda 270, avgustda 265, sentabrda 250, noyabrda 230 bo‘lishi mumkin. Bozorda tovarning bunday nisbati omborlarda tovarning yetishmasligi (hosil kam bo‘lishi, ish tashlash va h.k.) bilan taqozo etiladi, istiqbolda, taklifning kelajakda yaxshi bo‘lishi mumkin (yangi hosildan). Bu davr bozorda oshirilgan asabiylik, baholarning keskin o‘zgarishi, chayqovchilikning kuchayishi bilan farq qiladi.
“BELIY SLON” — xarajatlar mavjud potentsial foydadan oshib ketuvchi bitimni belgilovchi birja jargoni, ifodasi. “B.s.” xilidagi bitimlar tovarni (qimmatli qog‘ozni) tez sotish zaruriyati tug‘ilganda, har xil sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa o‘xshash vaziyatda bozor baholarini (qimmatli qog‘ozlar kurslarini) tushirish uchun amalga oshiriladi.
BENEFITSIAR (ingl. beneficiary) – 1) o‘z mulklarini boshqa shaxslarga ishonib topshirish (ijaraga, arendaga va h.k.) yoki mol-mulkdan uchinchi shaxs foydalanish (masalan, aksiyador tomonidan o‘z aksiyalarini foydalanish uchun boshqalarga berib turish) asosida foyda oluvchi shaxs. Akreditivlar va sug‘urta polislari uchun daromad (pul) oluvchi shaxslar ham benefisiarlar deb yuritiladi; 2)Benefitsiar (lot.) —sug‘urta qilingan hujjat bo‘yicha to‘lovni oluvchi yoki foydasiga ishonch mulki hosil qilinadigan shaxs, foyda yoki ustunlik oladigan kishi.
BENILYHKS — 1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o‘rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
BEPUL ASOSLI KONTRAKT — Pul mablag‘lari va boshqa o‘zaro hisob-kitob shakllarida haqi to‘lanmay, tovarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma, bitim).
BEPUL GAZETA — xonadonlar va ofislarga tekin tarqatilaligan gazeta. Gazetani bosmadan chiqarish va tarqatishga sarf- xarajatlar qiymati ana shu nashrdagi reklama uchun olingan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Aksariyat bepul gazetalarda ko‘proq reklama va kamroq tahririyat materiallari e’lon qilinadi, ba’zida ikkalasi o‘rtasidagi nisbat 90/10 teng bo‘lishi ham mumkin. London shahrida “Metro” degan har kuni eltiladigan bepul gazeta bor. Bu gazeta London metropoliteni stansiyalarida ish kunlarida tarqatiladi. Bepul jurnallar esa Markaziy Londonda metro stansiyalarida odatda dushanba kuni qo‘lda tarqatiladi. Bunday jurnallardagi reklama xabarlari ko‘pchiligi ish o‘rni vakansiyalari personalni axtarishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
BERBOUT-CHARTER — fraxta shartnomasi shartlariga binoan, kema egasi kemani ekipajsiz fraxtaga olayotgan tomonga ijara shartlari asosida beradi. Ijara davrida fraxtaga olgan tomon kemaning vaqtincha egasi hisoblanadi va kemadan foydalanish davrida barcha xarajatlarni qoplaydi. Biroq sug‘urta xarajatlarini kemaning egasi to‘laydi.
|
| |