|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 97/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BAZAVIY TARMOQLAR — kapital, material, energiya sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlar.
BAZEL QO‘MITASI TALABLARI – bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini ta’minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro me’yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning yetarlilik darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo‘yilgan talablarni ifodalaydi.
BAZIS (grek.) — 1) ma’lum muddatga yetkazib berish sharti bilan sotilgan bahosi va tezlikda yetkazib berish sharti bilan sotilgan o‘sha tovar bahosi o‘rtasidagi farq; 2) B. asos; 3) B. jamiyat taraqqiyotini belgilovchi siyosiy- iqtisodiy tuzum, ya’ni jamiyatning iqtisodiy va huquqiy tuzilishi asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish munosabatlari majmui.
BAZIS BAHO — tashqi iqtisodiy sohada ikki xil mazmunga ega. Birinchidan, umuman, xalqaro savdoda (eksport va import) va ayrim tovarlar guruhlari bo‘yicha baza sifatida qabul qilinadi. Xalqaro va milliy tashqi savdo statistikasida, Birlashgan Millatlar tashkilotining davriy iqtisodiy nashrlarida e’lon qilinadi. B.b. qayta quriladi, chunki tashqi savdo ayirboshlashidagi assortiment o‘zgarishlarini, ayniqsa B.b. hajmiy miqdori sifatida ustiga qo‘shib yoziladigan tayyor buyumlar bo‘yicha ko‘p tomonlama hisobga olish imkonini beradi. Ikkinchidan, mavjud mahsulotning tashqi savdo bahosini belgilashda namuna tarzida qabul qilinadigan qayd etilgan parametrlari bilan ma’lum bo‘lgan buyum bahosi sifatida.
BAZIS NAV — kontraktda stantdart tariqasida ko‘rib chiqiladigan tovar navi.
BAZIS PUNKT — o‘lchov birligi bo‘lib, asosan, obligatsiyalarning daromadliligini o‘lchash uchun foydalaniladi.
BAZIS SORT — standart sifatida kontraktda quriladigan tovar sorti.
BAZIS (dastlabki) STAVKA (ing.) — eng kreditbardosh va yirik Aksioner kompaniyalardan tijorat banklari tomonidan olinadigan eng past foiz stavkasi.
BAZIS TARMOQLAR - deganda shunday tarmoqlar tushuniladiki, ularning rivojlanishi boshqa bir necha tarmoqlarni rivojlanishiga olib keladi. O‘zbekistonda ana shunday bazis tarmoqlar sirasiga quyidagi tarmoqlarni kiritish mumkin: elektroenergetika – sanoat mahsuloti umumiy hajmdagi ulushi – 8,8 foiz, yoqilg‘i – 21,4 foizni, mashinasozlik – 16,2 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, kimyo sanoati, uning asosiy tarmoqlaridan biri — bu mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohasidir. Unda qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan ammafos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbonit, suyultirilgan ammiak, azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Chirchiq kimyo kombinati, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar, Navoiy kimyo birlashmasida asosiy turdagi azotli o‘g‘itlar, Qo‘qon superfosfat zavodi, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq “Ammafos” birlashmasida ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammoniy kabi fosforli, o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
BAZIS VALUTA — mavjud mamlakat yoki moliya markazida unga nisbatan boshqa valutalar kotirovka qilinadigan valuta. Masalan, AQSh dollari, Yevropa davlatlarining yevrosi va h.k. BAZIS YETKAZIB BERISH — tovar harakati bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlashni ko‘zda tutuvchi tashqi savdo bitimi sharti, tegishli hujjatlarni to‘ldirish va transport xarajatlarini to‘lash, tovarga bo‘lgan mulkchilik huquqining sotuvchidan sotib oluvchiga o‘tish paytini aniqlash, tovarga tasodifan zarar yetkazish yoki yo‘qotish hamda yetkazib berish vaqti.
|
| |