|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 94/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BARQAROR RIVOJLANISH – 1) Kelajak avlodlar o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini havf ostiga qo‘ymasdan hozirgi avlod ehtiyojlari qondiriladigan rivojlanish. Barqaror rivojlanish resurslardan har qanday foydalanish usulida resurslar zahiralarini va ulardan foydalanishning hozirdagi va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ta’sirini hisobga olishni talab etadi; 2) B.r. – bu shunday rivojlanishki, u aholini hozirgi ehtiyojlarini qondiradi va kelajak avlodning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini havf ostiga qo‘ymaydi. 3) hozirgi davrdagi jamiyat taraqqiyotining eng muhim modellaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra eng asosiy vazifa rivojlanishning uzviyligini ta’minlashdir. Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa komponentlarni o‘z ichiga olgan holda nafaqat bugungi avlodlarning ehtiyojlarini qondirish, balki kelajakdagi avlodlar uchun ehtiyojlarning kafolatlanishini ham maqsad qiladi.
BARQARORLIK – narsa va hodisalarning amal qilishi va rivojlanishdagi o‘ziga xos muayyanlik holati.
BARTER (ing.) — 1) tovar ayirboshlash; tovar qiymati aniqlanadigan va bir tovarni boshqa tovarga ayirboshlashni amalga oshiradigan bitim; tuzilgan shartnomaga ko‘ra “Tovar uchun” sxemasi bo‘yicha savdo; 2) B. – tovarlarni tovarga bevosita almashtirish bo‘lib, ma’lum kelishgan narxni taqozo etsada, pul ishtirokisiz yuz beradi. Barterda tovar olishni uni sotishdan ajratib bo‘lmaydi; 3) B. (ingl. Barter), bir yoki bir necha tovarlarni qiymatiga ko‘ra boshqa tovar (yoki tovarlar)ga naqd pulsiz ayirboshlash; 4) savdo bitimining bir turi, unga ko‘ra o‘zaro mahsulot ayirboshlanishi pul to‘lovlarisiz amalga oshiriladi. Maxsus qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki muomalasida barter bitimlari tuzish qoida tariqasida taqiqlangan.
BARTER BIRJASI — natural tovar ayirboshlash tovar birjasi mahsulot taqchilligi sharoitida vujudga keladi va erkin baho belgilash yo‘qligida bozorning rivojlanishini ifodalovchi o‘tish shakli hisoblanadi. Bu sohadagi muhim cheklanishlar olib tashlansa, barter operatsiyalariga ehtiyoj qolmaydi.
|
| |