• BANKLARNING UMUMIY KAPITALI
  • BANKNING AKTIV OPERATSIYALARI
  • BANKNOT (inglizcha – banknote)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet90/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BANKLARNING KREDIT PORTFELI – tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy jamlanmasi. Ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklariga ma’lum sanaga ssuda hisob varaqalarida qolgan pul mablag‘lari majmuasi (qoldig‘i).
    BANKLARNING UMUMIY KAPITALI – banklarning o‘z faoliyatlarini (bank operatsiyalarini) amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy resurslari bo‘lib, u banklar tomonidan turli manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Banklarning umumiy kapitali xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha barobar ko‘proq bo‘lgan jalb etilgan kapitalni ham o‘z ichiga oladi.
    BANKNING AKTIV OPERATSIYALARI — banklarning kelajakda daromad olish maqsadida jamg`arilgan kredit mablag‘larini kreditlarga va investitsiyalarga joylashtirilishi va boshqa maqsadli operatsiyalaridir.
    BANKNING PASSIV OPERATSIYALARI — bankning mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalaridir. Banklarning passiv operatsiyalari — banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun zarur resurslarni shakllantirish operatsiyalaridir.
    BANKNOT (inglizcha – banknote) – 1) qog‘oz pullarning bir turi bo‘lib, davlat tomonidan emissiya huquqi berilgan banklar tomonidan chiqariladi. Bunday banklar har doim ham davlat banki bo‘lavermaydi. Banknotlar xazina biletlari bilan bir qatorda muomala va to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi. Banknotlar veksel muomalasi natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, muomalada metall (oltin va kumush) pullar o‘rniga chiqarilgan. Banknotlar mohiyatiga ko‘ra bank vekselidan iborat bo‘lib, bankning oltin zahirasi, boshqa aktivlar (qimmatli qog‘ozlari, xazina biletlari va h.k.) bilan ta’minlanadi.
    XX asrning birinchi yarmida banknotlarni oltinga almashtirish barham topdi. Banknotlar maydalanmaydigan majburiy kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz pullariga aylanib qoldi. Hozirgi zamon sharoitida bank banknotlarning xarid quvvati banklar tomonidan muomalada qat’iy cheklangan miqdordagi qog‘oz pullarni saqlab turish yo‘li bilan taminlanadi; 2) Banknotlar (ing.) — emission banklar tomonidan chiqariladigan foizsiz majburiyatlar (bank biletlari); kredit pullarning asosiy turi. Banknotlar tovarlar, veksellar va boshqalarni garovga qo‘yish evaziga banklarning ssuda operatsiyalari tartibida chiqariladi va ssudalarning muddati tugashi bilan bankka qaytariladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqariladigan banknotlar qog‘oz pullarga aylantiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.