• BANKLAR LIKVIDLIGI
  • BANKLARNI KONTSENTRATSIYALASH
  • BANKIR – bankning aktiv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi professional xodimi. BANKLAR AUDITI




    Download 0,64 Mb.
    bet89/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BANKIR – bankning aktiv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi professional xodimi.
    BANKLAR AUDITI — banklar faoliyati ustidan auditorlik tekshiruvi; kapitalning yetarliligini baholash, ssudalarni tasniflash, ssudalar bo‘yicha zararlarni qoplash, tavakkalchilik va likvidlarni o‘lchashni o‘z ichiga oladi. Banklar faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim.
    BANKLAR LIKVIDLIGI — 1) banklarning o‘z vaqtida o‘z majburiyatlarini bajarishni ta’minlash qobiliyati. Bank balansi passivlari va aktivlari balansligi joylashtirilgan aktivlar muddatlari mos kelishi va bank tomonidan jalb etilgan passivlar darajasi bilan aniqlanadi; 2) B.l.– banklar majburiyatlarini o‘z vaqtida qaytara olish qobilyati yoki passivlardagi majburyatlarni qaytarish uchun aktivlarning pulga aylanish qobilyatidir.
    BANKLAR LIKVIDLIGI – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
    BANKLARARO OPERATSIYALAR — banklarning shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisob-kitob varaqalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarning birgalikda bajarishidir.
    BANKLARNI KONTSENTRATSIYALASH — moliya kapitalining o‘sishi va moliya oligarxiyasining boyishini ta’minlash maqsadida kapitalistik mamlakatlarning yirik va eng yirik banklarida kredit resurslari va operatsiyalarning to‘planuvi. Banklarning yiriklashuvi asosan bank foydasining bir qismini kapitallashtirish va aksiyalarning yangi emissiyalari hisobiga o‘z kapitalini ko‘paytirish; to‘plangan depozitlar hajmining o‘sishi; ko‘p bo‘g‘inli filiallar va bo‘limlar tuzilmalarini yaratish; ishonch asosida boshqalar mulkini boshqarish bo‘yicha bank operatsiyalarini kengaytirish; boshqa banklarni qo‘shilishi va o‘zlashtirilishi orqali amalga oshiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BANKIR – bankning aktiv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi professional xodimi. BANKLAR AUDITI

    Download 0,64 Mb.