|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 96/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BAYRAM KUNLARI QONUNI –birja savdosi samaradorligining tarkibiy nazariyasi. Unga ko‘ra birja baholari bayramga qadar va undan keyin bir necha kun davomida o‘sadi.
BAYROQDOR BREND (ingl. Flagship brend) — kompaniya mahsulot portfoliosidagi eng ko‘p foyda keltiruvchi, keng miqyosda tanilgan yoki ommabop bo‘lgan brend. Ko‘p hollarda kompaniyaning yaxshi va ezgu nomi, uning sifatli, ishonchli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi maqomida obro‘-e’tibori ana shu tashkilotning bayroqdor brendiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham bayroqdor brend qattiq muhofaza qilinadi va izchil rivojlantiriladi.
BAZA (fr.) — mahsulotni qabul qilish, saqlash, omborda qayta ishlash va ulgurji sotib oluvchilarga jo‘natish bo‘yicha korxona. B. odatda bir qancha ombor binolari, ochiq saqlash joylari, komplektlash, saralash, mahsulotni ortish va uni iste’mol qilishga tayyorlash bo‘yicha sexlar (uchastkalar), idoralar va xizmat qiluvchi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyat qilish sohalariga bog‘liq holda B. ishlab chiqarish vositalari ulgurji savdosi, xalq iste’moli tovarlari ulgurji savdosi, tashqi savdo, ishlab chiqarish texnika komplektliligi va h.k. bo‘yicha bo‘linadi. Bajariladigan vazifalarning xarakteri bo‘yicha B. ishlab chiqarish markazlari yoki transport uzellaridagi maishiy kam tonnali mahsulot partiyalarining tumanlararo omborlarga yetkazib berish, zahira g‘amlamalarni saqlash, chakana savdo iste’molchilari yoki korxonalarini mahsulot yoki tovarlar bilan ta’minlash B. lariga bo‘linadi. Bunda universal B.ni ixtisoslashtirilgan B. dan farq qilish lozim bo‘ladi.
BAZAVIY STRATEGIYA — rejalashtirish operatsiyalari asoslanadigan marketing tadbirlari yig‘indisining asosiy elementi. Bazaviy strategiya, shuningdek, undagi har qanday o‘zgarishlar butun marketing operatsiyalariga, ayniqsa, marketing kommunikatsiyalariga ta’sir o‘tkazadi. Vaqt- vaqti bilan bazaviy strategiyani, jumladan, mahsulotlar yoki xizmatlarga nisbatan bazaviy strategiyadagi har qanday o‘zgarishlardan keyin butunlay qayta ko‘rib chiqish lozim.
|
| |