• BAY-BEK (ing.)
  • BAY - QAT’IY
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet95/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BARTER BITIMI (operatsiyasi) — 1) tovar munosabatlari rivojlanmagan va valutalarning nobarqarorligi davrida davlatlar, firmalar, korxonalar o‘rtasidagi bevosita natural tovar ayirboshlash (pullardan foydalanmasdan). Barter operatsiyalarida pul to‘lovlari yuz bermasada, tovarlar yetkazib berish pul shaklida baholanadi va baholarga mos ravishda balanslanadi. Tashqi barterda tovar ayirboshlash ekvivalentining sharti jahon bahosi yoxud uning asosida jahon bahosi yotgan shartnoma bo‘yicha tovar ayirboshlash hisoblanadi. Ichki barterda ayirboshlash proportsiyalarini ikki tomonlama ayirboshlash shartnomasi belgilaydi. B.b. asosiy sabablari pul muomalasining barqarorsizligi, inflyatsiyalarning yuqori sur’atlari, pul birligiga bo‘lgan ishonchning yo`qolganligi, valutalarning yetishmasligidir; 2) B.b. Savdo bitimi turi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanmagan hamda valutaning beqarorligi davrida davlatlar, korxonalar va boshqa o‘rtasida pul yoki valuta mablag‘lari ishtirokisiz tovarni tovarga ayirboshlash bilan amalga oshiriladi.
    BAY-BEK (ing.) — “qaytadan sotib olish” uzoq muddatli tovar ayirboshlash operatsiyasi bo‘lib, bunda mashinalar va uskunalar yetkazib berish, ushbu mashinalar va uskunalar yordamida ishlab chiqilgan mahsulot haqini to‘lash bilan kredit berish amalga oshiriladi. Mamlakat amaliyotida — bu odatda yirik korxonalarni qurishda foydalaniladigan kompensatsiyaviy bitimlar.
    BAY-FOSID — musulmon huquqida oldi- sotdi shartnomasi. Ushbu shartnoma bo‘yicha sotilgan mol-mulk uni mazmun yoki shakl jixatdan o‘zgartirish yoxud qaytadan uchinchi shaxsga sotish mo‘ljallangan taqdirda ushbu mol-mulk uning birinchi egasi tomonidan o‘zi sotgan narxda qaytarib olish sharti bilan tuziladi.
    BAY - JOIZ — musulmon huquqida oldi- sotdi shartnomasi. Ushbu shartnomaga asosan taraflar ma’lum va kelishilgan muddat davomida, shartnoma bo‘yicha berilgan, olingan narsalarni bir-birlariga qaytarib berish sharti ko‘zda tutiladi.
    BAY - QAT’IY — musulmon huquqida oldi-sotdi shartnomasi. Ushbu shartnomaga asosan sotilgan mol-mulk oluvchiga uning haqini to‘lamasidan oldin topshirilishi mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.