• BANKNING AKTIV OPERATSIYALARI
  • BANK AXBOROTNOMASI”
  • BANK BILETLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet81/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BANK AGENTLIGI - asosiy bank tomonidan berilgan vakolatga mos ravishda cheklangan tarzda bank operatsiyalarini amalga oshirish mumkinligi.
    BANK AKTIVLARI – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, valyuta ko‘rinishida bo‘ladi.
    BANKNING AKTIV OPERATSIYALARI – banklarning kelajakda daromad olish maqsadida jamlangan kredit mablag‘larini kreditlarga va investitsiyalarga joylashtirishi va boshqa maqsadli operatsiyalaridir.
    BANK AKTSEPTI — to‘lov hujjatlarini to‘lashga bankning roziligi, ular haqini kafolatlash shakli: bank-aktseptantning tegishli yozuvi tarzida to‘ldiriladi. Odatda, qarzdor uning muddati kelganda qarz summasini bankka o‘tkazadi, bank esa to‘lovni amalga oshiradi. Qarzdorning to‘lovga qobil emasligi holatida to‘lov bank — aktseptant hisobidan amalga oshiriladi.
    BANK AXBOROTNOMASI” – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy nashri bo‘lib, unda bank – kredit, pul muomalasi, valyutani tartibga solish va boshqa masalalarga oid me’yoriy huquqiy hamda boshqa axborotlar chop etiladi. Bank xodimlarini bank – kredit sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib borish maqsadida ta’sis etilgan.
    BANK BILETLARI — markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan har xil pul belgilari. B.b. paydo bo‘lishi tovar-pul va kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan taqozo etilgan. B.b. birinchi marta XVII asrning oxirida chiqarilgan. Markaziy banklar ularni ta’minlashga xizmat qilgan xususiy tijorat veksellari hisobi (sotib olingan) asosida banknotlar chiqargan. Veksellar bilan bir qatorda B.b. ta’minlashni markaziy banklar ixtiyorida bo‘lgan oltin bajargan. Ikki hissa ta’minlanish “klassik banknotlarga” yuqori barqarorlik va ishonch bag‘ishlagan. Chiqarilgan B.b. hisoblangan veksel bo‘yicha to‘lov muddati kelganda hamda ular egalari tomonidan oltinga almashishga qo‘yilganda muntazam markaziy bankka qaytarilgan. Chunki oltin standarti davrida banknotlarni qimmatbaho metallarga erkin almashish yetakchi kapitalistik mamlakatlarda birinchi jahon urushi davrida to‘xtatilgan. B.b. chiqarish davlat xarajatlarini moliyalash uchun foydalanila boshladi.
    XX asrning o‘rtalaridan boshlab kapitalizmning nisbatan barqarorlik davrida B.b. cheklangan holda oltinga almashish, oltin quyma va oltin deviz standartlari doirasida tiklandi. Jahon iqtisodiy krizisidan keyin (1929—1933) banknotning oltinga almashishi uzil-kesil to‘xtatildi. Hozirgi sharoitda bironta mamlakatda ham B.b. metallga ayirbosh qilinmaydi. AQShda 1, 5, 10, 20, 50 va 100 dol., Yevropa davlatlarida — 1, 5,10, 50 va 100 yevro bank biletlari hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.