• AYLANUVCHI PESHTAXTA
  • AYOLLAR O‘RTASIDAGI IQTISODIY FAOLLIK KO‘RSATKICHI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet77/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AYLANMA KASSA MABLAG‘I ME’YORI - moliya yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisob varaqlarida turishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori.
    AYLANMA MABLAG‘LAR - 1. Aylanma fondlar, muomala fondlari va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag‘lari; 2. A.m. – xo‘jalik faoliyatini joriy moliyalash uchun, ya’ni ishlab chiqarish xom-ashyo zahiralari, materiallar, taralar, insturmentlar, ishlab chiqarish va maishiy inventarlari, tugallanmagan ishlab chiqarishning to‘xtab qolmasligi uchun zarur zahiralar, tugallanmagan hisob- kitobdagi, banklardagi hisob-kitob hisoblaridagi, korxonalar va tashkilotlarning xazinalardagi mablag‘larni ham qo‘shib tayyor mahsulot zahiralarini yaratish uchun xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari pul mablag‘lari. A.m. bir qismi ishlab chiqarish, boshqa qismi esa muomala soxalarida faoliyat qiladi. A.m. me’yorlanadigan (tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va h. k. ham qo‘shib tovar-material boyliklari zahiralaridan iborat) va me’yorlanmaydigan (otib yuborilgan tovarlar, hisob-kitobdagi mablag‘lar va pul mablag‘lari) qisimlarga bo‘linadi; 3. A.m. — korxonaning xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, idishlar kabi ishlab chiqarish zahiralarini tashkil etish: xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari.
    AYLANUVCHI PESHTAXTA — inglizcha professional jargon bo‘lib, tovarlar yoki kitoblar uchun aylanuvchi asosga o‘rnatilgan aylana yoki yarim aylana ko‘rgazma stendini anglatadi.
    AYOLLAR IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH KO‘RSATKICHI (AIKK) — 2010 yilgacha gender tengsizlikni uchta asosiy yo‘nalish bo‘lgan iqtisodiy hayot va qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish, siyosiy hayot va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek, iqtisodiy resurslarni nazorat qilish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘lchash uchun ishlatilgan tarkibiy ko‘rsatkich bo‘lgan.
    AYOLLAR O‘RTASIDAGI IQTISODIY FAOLLIK KO‘RSATKICHI — mehnatga layoqatli yoshdagi ayollar sonining foizlarda ifodalangan ishchi va xizmatchilar orasidagi ayollar soni.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.