• AYBONA (ing.1. damages)
  • AYIRBOSHLASH (ingl. to exchange)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet75/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AXBOROT TIZIMI – tashkilotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi axborotlar majmui axborot tizimini vujudga keltiradi. Axborot tizimlari boshqarishning har qanday bosqichida bir butun bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi.
    AXBOROT XIZMATLARI — 1) Foydalanuvchiga axborot mahsulotini yetkazish bo‘yicha ma’lum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. 2) Sub’ektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha harakatlari. 3) Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari bo‘ylab tarqatish.
    AYBONA (ing.1. damages) — majburiyatlar bajarilishini ta’minlash usuli, shuningdek, majburiyat bajarilmaganligi uchun qo‘llaniladigan chora sifatida amaliyotda ishlatiladi. “Aybona” (neustoyka) deb, qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun to‘lanishi shart bo‘lgan, amaldagi qonun hujjatlari va shartnomalarda nazarda tutilgan maxsus qo‘shimcha pul to‘lovi summasi tushuniladi. Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlashi shart emas. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun aybdor bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli bo‘lmaydi. Neustoyka jarima va penya shakllarida bo‘ladi. Neustoyka haqidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi shart. Neustoyka to‘lash, taraflarning kelishuvida nazarda tutilganligi yoki tutilmaganligidan qat’i nazar, kreditor tomonidan qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka) to‘lashni talab qilishga haqlidir.
    AYIRBOSHLASH (ingl. to exchange) – 1) iqtisodiyotda kishilar o‘rtasida bevosita yoki mehnat mahsulotlarini ayriboshlash shaklida namoyon bo‘ladigan o‘zaro faoliyat. A. takror ishlab chiqarishning muhim fazasi hisoblanadi, uning iqtisodiy asosini ijtimoiy mehnat taqsimoti tashkil etadi. A. ishlab chiqarishiga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ko‘p tomondan A. ga bog‘liq bo‘ladi; 2) fuqarolik huquqida ayirboshlash shartnomaviy munosabat bo‘lib, mazkur shartnomaga muvofiq, ya’ni har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo‘li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi. Fuqarolik kodeksi bo‘yicha ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishli oldi-sotdi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi, ushbu munosabat amaliyotda “barter” deb ham yuritiladi. Bunda taraflar o‘zaro munosabatlarida pul to‘lovisiz o‘zlaridagi mavjud tovarni boshqa tarafdagi mavjud tovarga kelishuv asosida almashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xalqaro huquqda ikki manfaatdor davlatning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ayirboshlash bitimiga muvofiq hududlarni bir-biriga o‘tkazishni tashkil etishidir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.