• AVARIYA PULLARI SUG‘URTASI
  • AVARIYALARDAN SUG‘URTA
  • AVIAYUK YUKXATI (lot.)
  • AVISTA (ital.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet71/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AVANS QILINGAN KAPITAL – mulkdor tomonidan foyda maqsadida ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi sotib olishga sarflangan pul summasi.
    AVANTAJ (fr.) — naf, foyda, qulay vaziyat.
    AVARIYA BADALI (ital.) — kema egasi tomonidan umumiy avariya bo‘yicha yuk egasi xarajatlardagi hissasini to‘lashni ta`minlashni talab qiluvchi pul summasi. Xalqaro amaliyotdagi yuklar tashishda A.b. depozit deb nomlanadi.
    AVARIYA PULLARI SUG‘URTASI – qutqarganlik uchun mukofot olishni ta`minlash maqsadida kemalar va yuklarni qutqazish uchun murojaat qiluvchi sug‘urta turi.
    AVARIYA TILXATI (avariya bandi) – yuklarni qabul qilib oluvchining kema egasiga umumiy avariya bo‘yicha belgilangan badallarni to‘lashi. Agarda umumiy avariya bo‘lganda kapitan yuklarni qabul qiluvchiga faqat uning avariya tilxatiga o‘rnatilgan shaklga ko‘ra imzo chekkandan keyin boradi.
    AVARIYALARDAN SUG‘URTA – 1. Ko‘pgina mamlakatlar sug‘urta tashkilotlari faoliyatida, ayniqsa, ommaviy ishlab chiqarish va har xil texnika turlarini o‘zlashtirish davrida keng qo‘llaniladigan sug‘urta ma`suliyati turi; 2. Mulkiy sug‘urta turi.
    AVERS — tanganing old tomoni.
    AVIALINIYALAR YO‘LOVCHILARI UCHUN JURNAL — aviakompaniyalar buyurtmasi bo‘yicha nashr etiladigan va avialaynerlar bortida yo‘lovchilar orasida tarqatiluvchi jurnal. Hozirgi vaqtda tahririyat materiallari uncha ko‘p joylashtirilmagan, qimmat turuvchi mahsulot va xizmatlarning rang-barang bezatilgan reklamalari ko‘proq e’lon qilinishi tendensiyasi mavjud.
    AVIAYUK YUKXATI (lot.) – havoda yuk tashish shartnomasi. Jo‘natuvchi tomonidan to‘ldiriladi va bir vaqtning o‘zida tashuvchi yukni tashish uchun beradi. Uch asl (original) nusxada tuziladi. Birinchisiga jo‘natuvchi imzo qo‘yadi va tashuvchida qoladi, ikkinchisiga jo‘natuvchi va tashuvchi imzo qo‘yadi va yuk bilan oluvchiga yuboriladi, uchinchisiga tashuvchi imzo qo‘yadi va yuk bilan oluvchiga yuboriladi.
    AVISTA (ital.) — 1) to‘lov muddati ko‘rsatilmagan holda berilgan veksel. U istalgan paytda to‘lovga taqdim etilishi mumkin; 2) ko‘rsatilganda istalgan paytda to‘lanishi mumkinligini tasdiqlovchi vekseldagi yoki boshqa qimmatli qog‘ozdagi yozuv.
    AVIZO – 1) hisob-kitob operatsiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operatsiyalari, yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o‘tkazishlar, chek yozuvlari, akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma’lumotlarning berilishi; 2) A. Bank xabarnomasi. Hisob-kitob ishlari bajarilganligi haqida kelishuvlarning bir-biriga yuboradigan rasmiy xabari. Avizo banklararo hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi. Avizoning asosiy rekvizitlari: uning raqami, operatsiya yozilgan sana, uning xususiyati, pul miqdori, to‘lovchi yoki kafillik beruvchining nomi. Avizodan mijozlarga hisob varaqalari bo‘yicha debet yozuvlari, akkreditivlar ochilgani, chek va o‘tkazma veksellar qo‘yilgani, pul o‘tkazilgani, ularning hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari hamda boshqa operatsiyalar haqida xabar berishda foydalaniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.