|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 67/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AUDITORLIK TASHKILOTI – qonun hujjatlariga asosan auditorlik faoliyati amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs. Amaliyotda auditorlik tashkilotlari, auditorlik firmalari ko‘rinishda ham faoliyat yuritadi.
AUDITORLIK TEKSHIRUVCHI – mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan korxona faoliyatini o‘rganish, baholash va tavsiyalar berish.
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING BUYURTMACHILARI – auditorlik tekshiruvining buyurmachilari quyidagilar hisoblanadi: muassislar (ta’sischilar), mulkdorlar, investorlar, bank muassasalari, boshqa manfaatdorlar.
AUDITORLIK XATARI – auditorning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirish natijadagi isbotidan so‘ng mavjud bo‘lgan, lekin aniqlanmagan xato-kamchiliklarning borligi to‘g‘risidagi ehtimoli.
AUDITORNING YORDAMCHISI – malakaviy sertifikatga ega bo‘lmagan, lekin auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik faoliyatida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs.
AUDITORLIK SHARTNOMASI – audit o‘tkazishga asos bo‘ladigan, auditorlik tashkilotlari va buyurtmachilari o‘rtasidagi munosabatlarni, majburiyatlarini va mas’uliyatlarini ifoda etuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi.
AUKSION (lat.auction kim oshdi savdosi) – 1) “kim oshdi” savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo‘yicha ko‘targan xaridor sotib oladi; 2) oshkora savdo o‘kazish asosida mahsulot va boshqa boyliklarni sotishni tashkil etish shakli. Auksion savdosida xaridorlar o‘rtasida musobaqalashish prinsipi qo‘llaniladi. Xarid qilish huquqini savdoda eng yuqori taklif etgan xaridor qo‘lga kiritadi. Auksion savdosining tomonlari bo‘lib mulk egasi (sotuvchi), auksion tashkilotchisi, xaridorlar sanaladi. Auksionda sotiladigan buyumning dastlabki bahosi sotuvchi bilan auksion tashkilotchisi o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilab olinadi. Auksionning asosiy turlari: a) mahsulot; b) qimmatli qog‘ozlar auksioni. O‘zbekiston Respublikasi tovar - xom-ashyo, valuta, fond birjalarida auksion savdosi o‘tkazish shartlari va tartiblari qonuniy hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan; 3) auksion (nem.) — ko‘rsatma uchun oldin qo‘yilgan tovarlar miqdori yoki mulklarni oldindan belgilangan vaqtda va ko‘rsatilgan joyda oshkora savdo bilan sotish. Sotiladigan tovarlar yoki mulk eng yuqori baho taklif qilgan sotib oluvchiga nasib bo‘ladi. A. majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Majburiy A. sud organlari yoki hokimiyat organlari tomonidan to‘lamaganlardan qarzlarni undirish hamda har xil davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan musodara qilingan yuklarni, qo‘yilgan, ammo o‘z muddatida sotib olinmagan mulklarni, talab qilib olinmagan va to‘lanmagan tovarlar va h.k. realizatsiya qilish uchun o‘tkaziladi. Ixtiyoriy A. sotiladigan tovarlar yoki mulk egalarining tashabbusi bo‘yicha ularni eng yuqori foyda bilan realizatsiya qilish maqsadida tashkil etiladi. A. oldindan e’lon qilingan vaqtda, har xil davrlarda o‘tkaziladi. Tovarning egasi uni oldindan auksion omboriga yetkazadi, bunda ko‘rsatma uchun bir xil partiyali tovarlar savdo boshlanganga qadar sotib oluvchilarga taqdim etiladi. Savdo paytida ushbu tovarlar katalogda ko‘rsatilgan ko‘rsatkich tartibida navbat bilan sotishga qo‘yiladi. Eng yuqori baho taklif etgan kishi sotib olgan hisoblanadi. Bitimlar og‘zaki yoki shartli belgilar orqali tuziladi, savdo amalga oshgandan keyin, sotib oluvchi standart shartnomaga imzo chekadi. Xalqaro tovarlar A. yirik savdo markazlarida, asosan, bir yilda 2-4 marta tashkil etiladi (port shaharlari London, Nyu-Yorq, Amsterdam, Kalkutta, Liverpul va h.k.). A. o‘tkazish uchun komission asosida ishlaydigan maxsus firmalar mavjud. A. brokerlik firmalari va assotsiatsiyalari tomonidan ham tashkil etiladi; 4) A. ko‘rish va tanishish uchun namunalari namoyish qilinib ochiq-oydin sotiladigan tovarlarni realizatsiya etish usullaridan biri. Bunday savdoda tovarlarga qaysi xaridor yuqori narx taklif qilsa, ular sotilgan hisoblanadi. Savdo ikki usulda o‘tkaziladi: a) boshlang`ich narxdan kelishuv narxining ortib borishi yo‘li bilan; b) boshlang`ich narxdan kelishuv narxining kamayib borishi yo‘li bilan. Yuridik shaxslarning auksiondan olgan daromadlari soliqqa maxsus tortiladi va soliqqa tortishga baza hisoblanmaydi.
|
| |