• AUDIT O‘TKAZISH MUDDATI
  • AUDITNING KONSALTING XIZMATI
  • AUDITNING MILLIY STANDARTLARI
  • AUDITNING REJALASHTIRILISHI
  • AUDITNING SHAKLLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet64/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AUDIT OB’EKTLARI – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning jarayonlari va alohida operatsiyalari. Audit ob’ektlari auditorlik shartnomasida keltirilgan bo‘ladi.
    AUDIT STANDARTLARI – barcha auditorlar tomonidan amal qilinadigan va faoliyatlarida qo‘llaniladigan auditga oid umumiy mazmundagi me’yoriy talablarning majmuasi.
    AUDIT O‘TKAZISH MUDDATI – shartnomaga asosan audit o‘tkazishga ajratilgan vaqt. Odatda audit o‘tkazish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
    AUDITNING HUQUQIY ASOSLARI – audit o‘tkazishga asos bo‘luvchi huquqiy normalarning majmuasi. Bularga qonun hujjatlari, qarorlar, nizomlar, shartnomalar, standartlar, buyurtmalar kiradi.
    AUDITNING KONSALTING XIZMATI – auditor tashkilotlari mijozlarga shartnomalarga asosan ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar (konsultatsiyalar) beradi. Jumladan, biznes rejani tuzish bo‘yicha, hisob siyosatini tuzish bo‘yicha, soliqlarni hisoblash bo‘yicha maslahatlar.
    AUDITNING MILLIY STANDARTLARI- respublika auditorlari tomonida audit faoliyatini o‘tkazishga qo‘lanilgan usullar va ularning majmuasi. Auditning 20 ga yaqin milliy standartlari qabul qilingan.
    AUDITNING PREDMETI – xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarning faoliyatlari, alohida jarayonlar va ularning qabul qilingan me’yorlarga mosligini tekshirish. Auditning predmeti ta’limot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
    AUDITNING REJALASHTIRILISHI – audit tekshiruvining umumiy hajmini aniqlash, audit dasturini tuzish, auditda qo‘llaniladigan usullarni belgilash, tekshirish muddatlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar va audit xatarini belgilash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
    AUDITNING TURLARI – auditning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: tashqi audit, ichki audit, moliyaviy audit, qonunlarga moslikning auditi, iqtisodiy samaradorlik auditi, operatsion (tashabbuskor) audit, menejmentlik auditi, ijtimoiy audit, ekologik audit.
    AUDITNING SHAKLLARI – qo‘yilgan maqsadga qarab auditni o‘tkazish tartibi. Audit shakllariga quyidagilar kiradi: auditning tasdiqlovchi shakli, auditning maqsadli (yo‘naltirilgan) shakli, auditning tavakkal- chilikka asoslangan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.