|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 62/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ASSOTSIATSIYALANGAN A’ZO — operatsiya zaliga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo bitimni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs.
ASSOTSIATSIYALANGAN SHAXS — vositachilik uylari xizmatchisi hamda agent va u bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs (shaxslar), ular mijozlarni izlash bilan shug‘ullanadilar, ularning buyruqlarini qabul qiladilar, ular bilan doimiy aloqada bo‘ladilar, ularga birja taktikasi to‘g‘risida tavsiyalar beradilar. AQShda A.sh. savdo birjasini tartibga soluvchi (fyuchers tovar savdosi bo‘yicha komissiyalar) davlat organida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
ATL “CHIZIQDAN YUQORIDA” (ingl. ATL — Above the line) — reklama budjetida gorizontal chiziqdan yuqorida amalga oshirilgan yozuvlar ifodasi. Ana shu xarajatlar ommaviy axborot vositalarida (matbuot, radio, televideniya, e’lonlar va plakatlar yopishtirib chiqish) reklamaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda keng tarqalgan ushbu terminni shunchaki “Ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga xarajatlar” deya tarjima qilish ham mumkin.
ATMOSFERA; MUHIT — ba’zan bu terminni “tahririyat muhiti” yoki “ko‘ngilochar ermaklar iqlimi” deb ham atashadi. Amalda reklama joylashtirish uchun ma’qul ko‘rilgan bosma nashr yoki efirli ommaviy axborot vositasi muhitidir. Bu tafovut ayniqsa tele va radio kanallarda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Amaliyotda “atmosfera” tashrif buyuruvchilar va xaridorlarga alohida ta’sir o‘tkazish maqsadida mebel, yoritish vositalari, dekoratsiya va do‘kon intereri jihozlaridan maqsadli foydalanishdir. Muhit ayni mahalda ham do‘kon ixtisoslashuviga, ham do‘kon mijozlari xususiyatlariga taalluqlidir. Ayrim do‘konlar atmosferasi tashrif buyuruvchilar va xaridorlarni savdo zali bo‘ylab kassa tarafga qarab harakatlanishga undashga mo‘ljallab maxsus bir tarzda jihozlanadi Boshqa do‘konlar esa xaridorlari savdo zali bo‘ylab uzoq vaqt aylanib yurish va ko‘proq tovar sotib olishga undovchi muhitni ma’qul ko‘radi. Bu metodlar hatto xaridorlar sotib olayotgan tovarlar sifati va narxiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
|
| |