|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 65/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AUDITORLIK FIRMASI – 1) mustaqil xo‘jalik hisobidan tashkilot bo‘lib, korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ularning buxgalteriya hisobini tekshiradi va to‘g‘ri – noto‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi xulosalar beradi. Auditorlik bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9-dekabr “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Auditorlik firmasi – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat)ga ega bo‘lgan korxona. Auditorlik firmasi kichik korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa tashkiliy huquqiy shakldagi korxona tarzida tuzilishi mumkin.
Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan amalga oshiriladigan rasmiy nazorat o‘rnini bosa olmaydi; 2) korxonalarni tekshirish va yillik buxgalteriya hisobotlarini tasdiqlash uchun dastlabki shartnoma asosida amalga oshiriladigan mustaqil xo‘jalik hisoboti tashkiloti. A.f. tekshirish davomida quyidagilarni nazorat qiladi: buxgalteriya hisobi va uning ko‘rsatilgan talablarga mos kelishligi, moliya xo‘jalik masalalari bo‘yicha amal qilayotgan qonunlarga va ta’sis hamda boshqa hujjatlar nizomlariga, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiy holatga mos kelishligiga rioya qilish. Auditorlar talabi bo‘yicha korxonalar barcha so‘raladigan buxgalteriya hisobi hujjatlarini taqdim etish, kassadagi naqd pul, tovarlar, asosiy vositalar va korxonaning boshqa vositalarini inventarizatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatishga majburdirlar. Tekshirish natijalari bo‘yicha yillik hisobot tarkibiga kiritiladigan va moliya organiga hisobotdan keyin yil davomida taqdim etiladigan buxgalteriya hisobi va korxona hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida auditor xulosasini beradi.
AUDITORLIK GURUHI – auditorlik tashkilotlarida yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi auditorlarning birlashgan tarkibi. Auditorlik guruhlari ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish faoliyatlarini tekshirish bo‘yicha tashkil etiladi. Ushbu guruhni guruh rahbari boshqaradi.
|
| |