|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 73/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AVTOMOBILDA YO‘LBOSISH VAQTI — ish kunlarida odamlar ishga va ishdan uyga avtomobilda qatnaydigan palla. Avtomobilda yo‘l bosishdagi asosiy vaqt ertalab 7.30 dan 9.00 gacha va kechki soat 16.30 dan 19.30 qadar bo‘ladi. Ko‘chalar chetida joylashtirilgan reklamalardagi telefon raqamlari va internet sayti nomlari haydovchilarni qattiq chalg‘itishi, ularni qiyinchilik bilan tushunib qabul qilishini yodda tutish lozim. Boshqa tarafdan, eslab qolish oson bo‘lgan so‘zlar yoki jumlalardan, ayniqsa, ular bepul telefon raqamlari yoki web-saytlar nomi haqida ma’lumot bersa, foydalanish maqsadga muvofiq. Shubhasiz, reklama beruvchining maqsadi o‘z xabar va bildirishlari maqsadli auditoriyalar ong- shuuriga chuqurroq o‘rnashib qolishi, odamlar ko‘zlagan manzilga yetib borgan zahoti eng shimarib ishga kirishib ketishidir.
AVTONOM TA`RIF (grek.) – mavjud davlat tomonidan bir tomonlama, boshqa davlat bilan shartnoma tuzmasdan o‘rnatiladigan bojxona ta`rifi.
AVTONOMIYA (grek.) – umumdavlat konstitutsiyasida mustahkamlangan mustaqil boshqarish huquqi, davlat masalalarini yechish.
AVTORITAR KAPITALIZM (fr.) – asosiy resurslar hususiy mulk hisoblangan , hukumat esa keng miqyosda iqtisodiy jarayonni yo‘naltiradigan va tartibga soladigan iqtisodiy tizim.
AVTORITARIZM (fr.) – siyosiy rejim bo‘lib, bunda hokimiyatga bo‘lgan monopoliya boshqarishda ishtirok etishga boshqa guruhlarni qo‘ymaydigan bitta shaxsga, partiyaga yoki boshqa organga tegishli bo‘ladi.
AVUARLAR (fr.) – 1. Pul mablag‘lari, oltin, cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqa aktivlar bo‘lib, bularning hisobidan to‘lovlar o‘tkazilishi va ular egalarining majburiyatlari qoplanishi mumkin. 2. Chet el banklarida – korrespondentlarida bank hisoblarida turgan chet el valyutasidagi bank mablag‘lari. Bu mablag‘lar valyuta, qimmatbaho qog‘ozlar va oltindan iborat bo‘lishi mumkin. Qandaydir mamlakatga tegishli bo‘lgan shunday mablag‘lar jami uning chet el avuarlarini tashkil etadi. Ularning hisobidan to‘lovlar o‘tkaziladi va majburiyatlar qoplanadi, mamlakatlar o‘rtasidagi to‘lov oboroti amalga oshiriladi. Chet el avuarlarining holati va strukturasi xalqaro valyuta likvidliligiga bog‘liq bo‘ladi. Chet el avuarlari ular joylashtirilgan mamlakat yurisdiksiyasiga bo‘ysunadi. Avuarlar erkin (davlat va bank ixtiyorida bo‘lgan) va ma‘lum foydalanish rejimiga bo‘linadi.
AVULSIYA (fr.) – quruqlikdan ajralish, daryo oqimining o‘zgarishi, suv toshqini oqibatida yer uchastkasining tasodifan begona kishi ixtiyoriga o‘tib ketishi.
AXBOROT – bu ma’lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik elementlariga ega bo‘ladi. Axborotlar o‘z navbatida boshqarish mehnatining quroli va tayyor mahsuloti ham hisoblanadi.
|
| |