• AUTSAYDERLAR (ing.)
  • AUTRAYT (ing.)
  • AUTRAYT OPERATSIYALAR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet69/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AUTPORT, AVANPORT (ing.) — kemalar uchun langar tashlash joy bilan birgalikda tashqi port akvatoriyasi (portning suvdagi qismi).
    AUTSAYDER — birja a’zosi sanalmaydigan broker. Autsayder birja savdosi ayrim qoidalarga rioya etish majburiyatini zimmaga olgan holda savdo zimmasiga ishlashga vaqtincha, maqsadli ruxsatnoma olishi mumkin.
    AUTSAYDERLAR (ing.) — monopolistik birlashmaga kirmaydigan korxonalar (odatga ko‘ra kichik va o‘rtacha).
    AUTSORSING (ingt. Outsourcing) — biznesni yuritish usuli bo‘lib, bunda biznes natijalariga sezilarli va jiddiy ta’sir o‘tkazmaydigan ayrim funksiyalarning ijro etilishi subpudrat asosida tashqi ixtisoslashgan tashkilotlarga beriladi. Autsorsing — ayrim biznes funksiyalar (biznesga oid vazifalar) yoki hatto biznes- jarayonlar (biznesga xos jarayonlar) qismlarini bajarishni begona shaxslarga yoxud tashkilotlarga to‘lig‘icha yoki qisman berishga asoslangan biznesni tashkillashtirish shakli.
    Tashkillashtirish (tashkilot)ning ana shu shakli bozor munosabatlari taraqqiy etgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Autsorsing tuzilmalar doirasida Internet global axborot tarmog‘ida elektron tijorat rivojlanishining ko‘plab oqibatlaridan biri bo‘lgan tarmoq va virtual korporatsiyalar ko‘rib chiqiladi. Korxonani vakolatlarni uning bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlagan holda tashkillashtirishga yangicha yondoshuv dinamik tarmoq tashkiloti yoki “modul tuzilmali tashkilot” degan nom oldi.
    AUTRAYT (ing.) — 1) ustama haq yoki chegirmani o‘z ichiga oluvchi muddatli valuta ayirboshlash operatsiyasi. Bunda ayirboshlash kursi oldindan belgilanadi, operatsiya ijrosi esa bitim tuzilgan kundan kamida 2 ish kuni o‘tgach amalga oshiriladi; 2) ustama haq yoki chegirma hisobga olinadigan banklararo muddatli valuta bitimlaridagi valuta kursi 3) tomonlar uchun qat`iy belgilangan muddatida “forvard” kursi bo‘yicha to‘lashni ko‘zda tutuvchi oddiy muddatli valuta bitimi.
    AUTRAYT OPERATSIYALAR - operatsiya amalga oshirilishidan oldin valuta ayirboshlash kursi kelishib qo‘yiladigan valuta operatsiyalari.
    AUTTREYD (ing.) — qandaydir xato tufayli tuzilgan va birja sessiyasining oxiriga qadar bir tomonlama bo‘lib qoluvchi muvaffaqiyatsiz bitim. A. bir kunda savdo yakunlari bo‘lganda savdo bitimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mos kelmay qolgan holatda vujudga keladi.
    AVAL (fr.) – bu veksel kafolati bo‘lib, bunda avalist, ya‘ni uni amalga oshiruvchi shaxs, veksel egasi oldida u veksel bo‘yicha har qanday shaxsning (aktseptant, veksel bergan shaxs, indossant) majburiyatlarini bajarishni o‘z bo‘yniga oladi. Vekselning old tomoniga yoki qo‘shimcha varaqda (allonjda) avalistning imzosi bo‘lishi kerak. Vekselni to‘lagan avalist vekseldan kelib chiqqan holda huquqqa ega bo‘ladi. Eng avvalo, bu kafolat bergan shaxsga aloqadordir. Masalan: avalist akseptantga nisbatan da`vo qilish huquqiga ega. Avalist veksel bo‘yicha asosiy qarzdor sifatida javobgarligi to‘xtagandan keyin javobgarlikdan ozod bo‘ladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.