|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 70/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AVALIST (fr.) – veksel kafolatini beruvchi, ya‘ni avalni amalga oshiruvchi shaxs.
AVALCHI; AVALIST — chek bo‘yicha to‘lovni, kredit bo‘yicha kredit qaytarilishini, veksel yuzasidan majburiyat ijrosini kafolatlovchi shaxs. Masalan, chek bo‘yicha avalni to‘lovchi boshqa har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Aval chekning old tomoniga yoki qo‘shimcha varaqqa “aval deb hisoblansin” degan yozuv bilan ko‘rsatgan holda qo‘yiladi. Agar aval kim uchun berilganligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi. Aval avalist tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan yeri) va “ustxat” yozilgan sana ko‘rsatiladi. Avalist o‘sha avalni kim uchun bergan bo‘lsa, o‘sha shaxs singari javobgar bo‘ladi. Agar avalchi kafolatlangan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga ko‘ra haqiqiy bo‘lmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy bo‘laveradi. Chek bo‘yicha pul to‘lagan avalist u kafolat bergan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qo‘lga kiritadi.
AVANS (ingl. advance) — 1) bo‘nak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat va h.k.; 2) oldi-sotdi, pudrat va haq evaziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq turli munosabatlarda sotiladigan tovar, xizmatlar va ishlar uchun belgilangan pul miqdorlarining oldindan to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov qismi. Avans to‘lovlarining amalga oshirilishi shartnoma tuzilganligidan darak beradi, lekin agar shartnomada alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shartnomani ta’minlash vositasi bo‘lolmaydi. O‘zbekiston hududida avans to‘lovlari fuqarolar va turli tashkilotlar (firmalar, kompaniyalar) o‘rtasidagi munosabatlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan munosabatlarda avans to‘lovlarini amalga oshirish majburiyati shart sifatida qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
AVANS HARID QILISH – muqobil savdoning shakllaridan biri.
AVANS HISOBOTI — olingan pulning nimalarga sarf etilgani rasmiylashtirilgan hujjat. Ushbu hujjat tashkilot moliya bo‘limiga taqdim etiladi va shu asosda bu pul mablag‘lari o‘chiriladi.
|
| |