• BAHO KOTIROVKA QILINMAYDI
  • BAHOLAR SOYABONI (zonti)
  • BAJARILADIGAN ISHLAR UCHUN SAVDOLAR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet78/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    A’ZOLIK – 1) korxona, tashkilot mulkiga qarshi, uning faoliyatida ishtirok etish; 2) muayyan ittifoq, assotsiasiya, korporatsiya ishtirokchisi bo‘lish.

    B
    BABL (ing.) - “sovun ko‘pigi”, bankrot bo‘lgan yoki operatsiyalar sxemasi yutug‘iga ega bo‘lmagan ichi kovak korxona. Ularning eng nomdorlariga 20-yillarda inqirozga uchragan “Missisipi-babl” (Fransiya) va “Babl Yujnogo morya” (Angliya) va h.k. kiritish mumkin.
    BAGAJ — yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan, yuk transport tashkiloti (tashuvchi) javobgarligi ostida tashishga topshirilgan yuk. Bagajni tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi. Bagaj tashish qoidalari har bir transport turida belgilangan qoidalar bilan tartibga solinadi. Bagaj yo‘lovchi bilan birgalikda va aksincha undan alohida jo‘natilgan bo‘lishi mumkin.
    BAHO KOTIROVKA QILINMAYDI - birjada manfaatning to‘la yo‘qligi, birja savdosining bironta ishtirokchisi ham bahoni qo‘yishga tayyor emasligi.
    BAHOLAR MIQYOSI — pullarning texnik vazifasi; qiymatni pul birliklarida ifodalash vositasi. Tovarning pulda ifodalangan qiymati uning bahosini bildiradi. Tovarning qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik baholar miqyosi deb ataladi.
    BAHOLAR SOYABONI (zonti) – muayan tarmoqda yetakchilik qiluvchi firma tomonidan baholarning ma’lum darajada saqlab turilishi. “Baholar soyaboni” odatda tarmoqqa mansub ko‘pchilik korxonalar tomonidan qo‘llab – quvvatlanadi. “Baholar soyaboni”ni ushlab turishning usullari turlicha bo‘lib, asosiysi yetakchi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan narxlarni ushlab turishga imkon beradigan hajmdagi mahsulotni bozorga chiqarishdan iboratdir. Ishlab chiqaruvchilar va savdo korxonalarining bunday faoliyatlari monopoliyaga qarshi qonunlar talabiga zid bo‘lmasligi lozim.
    BAJARILADIGAN ISHLAR UCHUN SAVDOLAR – pudrat savdolari sifatida ma’lum bo‘lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda pudratchilarni yollash va kerakli xizmatlarni bajarish, masalan, kafolat muddati davomida ob’ektni ta’mirlab borish, personalni ekspluatatsiya xizmatlariga o‘qitish va boshqalardan iborat. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va pudratchilardan iborat.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.