|
ASOSIY BO‘LMAGAN FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLAR
|
bet | 57/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ASOSIY BO‘LMAGAN FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLAR — bevosita asosiy faoliyatga taaluqli bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi.
ASOSIY EHTIYOJLAR — bu davlat sektori (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ba’zi davlatlarda uy- joy sotib olishga ketgan xarajat) tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hamda shaxsiy daromad hisobiga sotib olingan mahsulotlar (oziq-ovqat va kiyim-kechak) majmuidir.
ASOSIY EHTIYOJLAR KONSEPSIYASI — bu tushuncha 1976 yili Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan nashr etilgan “Bandlilik, o‘sish va asosiy ehtiyojlar” nomli mashhur ma’ruzaning asosi bo‘lgan. Ushbu konsepsiyaning asosiy tamoyili bu davlat siyosatini aholining ijtimoiy xizmatlar va tovarlar bilan foydalanish imkoniyatlarini ta’min-lashga yo‘naltirilgan bo‘lishligidadir.
ASOSIY (OPERATSION) FAOLIYAT BO‘YICHA PUL OQIMLARI – xo‘jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag‘lariga, foyda miqdoriga ta`sirini ifodalaydi.
ASOSIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLAR –1) korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi. 2) (mehnat daromadlari) ayollar va erkaklarning nisbati. Ayollar mehnat daromadlarining erkaklar mehnat daromadlariga taxminiy nisbati.
ASOSIY FAOLIYATDAN OLINGAN FOYDA — (mehnat daromadi) (XQT AQSh dollarida), taxminiy baho — qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan ayollar ish haqining qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan erkaklar ish haqiga nisbati, iqtisodiy faol aholidagi ayollar va erkaklar ulushi, ayol va erkak aholisining umumiy soni asosida, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM (XQT AQSh dollarida) kabi ma’lumotlar asosida taxminiy baholanadi.
ASOSIY FONDLAR – 1) o‘z qiymatlarini ishlab chiqarishning bir bosqichida emas, bir necha bosqichi davomida tayyorlangan mahsulotga qisman-qisman o‘tkazib boradi. Asosiy fondlarga binolar, inshootlar, dastgohlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa xil mashinalar kiradi; 2) A.f. — bir necha takror ishlab chiqarish siklida qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga asta-sekinlik bilan o‘tkazib boruvchi ishlab chiqarish vositalari.
|
| |