|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 54/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANTISIPATSIYA (lot.) — kelishilgan muddatga qadar qarz majburiyati bo‘yicha pullarni to‘lash.
ANTREPRENER TADBIRKOR (xorijiy adabiyotda qo‘llaniladigan istiloh) APEC – 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani havzasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo- Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati.
APARSERIYA – chorakorlik ijarasining Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida saqlanib qolgan turi. Ijarachi yer maydonini yoki qoramahsulotni vaqtincha foyda-lanishga oladi va buning evaziga mulkdorga hosilning yoki chorva mahsulotlarining yarmini haq sifatida to‘laydi.
APARTMENT — 1) kvartira turidagi mehmonxona nomeri. 2) mehmonxonada bir nechta xonadan iborat bo‘lgan muhtasham nomer. 3) kvartira (amer.)
APORTLAR (fr.) — aksiyalar uchun to‘lash maqsadida Aksioner jamiyatga tushadigan mablag‘. A.ga ma’lum summani pul kapitaliga baholanadigan va tenglashtiriladigan tovarlar, savdo va sanoat korxonalari sifatida taqdim qilinishi mumkin. Ko‘pincha ta’sischilar tegishli mablag‘ qiymatlariga qaraganda eng katta miqdordagi aksiyalarni olish uchun o‘z korxonalari va tovarlarini Aksioner jamiyatlarga A. tarzida oshirilgan bahoda beradilar.
APROBATSIYA (lot.) — tekshirishga, sinovga asoslangan rozilik berish, ma’qullash, tasdiqlash; ko‘pincha A. terminidan noto‘g‘ri foydalanishadi, uning o‘rniga sinash, sinab ko‘rmoq tushunchalari iste’mol qilinadi.
“AQLNING OQIB O‘TISHI” — yuqori malakali mutaxassislarning mamlakatlararo migratsiyasi.
ARALASH ASSOTSIATSIYALAR — ishlab chiqarish – xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatga olib keluvchi o‘zining asosiy tavsifiga ega.
ARALASH IQTISODIYOT — bozor va nobozor iqtisodiyotlarning birligi.
ARALASH IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH – iqtisodiy islohotlar vositasida mulk egaligining asosiy va monopol shakli bo‘lmish davlat (umumxalq) mulkini mulkning turli shakllariga aylantirish tushuniladi.
ARALASH KORXONALAR — turli mulk shakllariga taalluqli firmalar bo‘lib, odatda davlat, jamoa va xususiy mulkning aralash mablag‘lari asosida tashkil etiladi.
ARALASH MULK — 1) bu turli shakldagi mulklarning o‘zaro qo‘shilib, hamkorlikda o‘zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko‘rinishi aksionerlik jamiyatlardir; 2) A.m. – muayyan bir ob’ekning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
|
| |