Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet52/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

ANTIMONOPOL TARTIBGA SOLINISH — ishlab chiqaruvchilarning bozorni monopolizatsiya qilish imkoniyatini cheklash maqsadida davlat tomonidan amalga oshiriladigan qonuniy, ma’muriy va iqtisodiy tadbirlarning majmui. Rivojlangan industrial mamlakatlar antimonopol tartibga solishda katta tajribaga ega. Birinchi marta AQShda ishlangan va qabul qilingan trestlarga qarshi qonunlar keyinchalik barcha rivojlangan sanoat mamlakatlariga tarqaldi. Shuningdek kartellar va trestlar faoliyatini to‘xtatish kabi ma’muriy choralar ham qo‘llanilmoqda (ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotida bo‘lgan).
Odatdagi iqtisodiy chora — bu monopol ishlab chiqaruvchilar uchun narxning o‘sishini cheklashdir. Yangi va eng yangi texnologiyalar sohasidagi monopolizmga kelganda shuni aytish mumkinki, u qoidaga ko‘ra raqobat orqali bartaraf qilinadi va davlatning vazifasi uni har xil usullar bilan mukofotlashdan iboratdir. Yuqorida ko‘rsatilgan monopolizmni bartaraf qilish bo‘yicha choralar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiyoti uchun ham qo‘llanilsa bo‘ladi, chunki monopolizatsiya darajasi industrial davlatlar o‘rtasida eng yuqori. Antimonopol qonunlar jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va qabul qilingan, uning asosida esa maxsus antimonopol qo‘mita tuzilgan. Uning asosiy vazifasi bozor strukturasini tahlil qilish, monopolizm ma’lumotlarini tushuntirish, antimonopol qonunlarni turmushga tadbiq qilish, qonunlar va davlat qarorlarini qabul qiluvchi antimonopol ekspertiza tuzish, korxonalar — monopolistlarga jarima qo‘llash, monopoliyalarni qayta tuzish va bo‘lib yuborish bo‘yicha tavsiya tayyorlashdan iboratdir. Monopoliyalarni bo‘lib yuborish deganda monopol boshqarish tuzilmasini tugatish, eng yirik ko‘pincha sun’iy ravishda tuzilgan ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarini tashkiliy jihatdan bo‘lib yuborish ko‘zda tutiladi. Bunda eng jiddiy muammo savdoni, ayniqsa, ulgurji savdoni va moddiy-texnika ta’minotini demonopolizatsiya qilish hisoblanadi. Antimonopol tartibga solish infratuzilmalardan tashqari ko‘pgina tovarlar guruhiga narxni liberallashtirish bo‘yicha tegishli baho siyosati olib borishni ko‘zlaydi (transport, aloqa va boshqalarga davlat nazorati saqlanib qoladi). Asosan, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘lgan shunday kompleks choralar o‘rta muddatli va uzoq muddatli antimonopol tartibga solish asosini o‘rnatadi. Uning asosi raqobatni mukofotlash siyosati bo‘lib, bu mamlakat bozorida chet el ishlab chiqaruvchilariga nazorat qilish chegarasida yo‘l qo‘yish, mavjud monopoliyalarga qarshi turgan ishlab chiqaruvchi raqobatchilarni moliya, soliq va kredit bo‘yicha rag‘batlantirish, ishlab chiqarish diversifikatsiyasini mukofotlash tadbirlari tizimini ishlab chiqadi va qabul qiladi. Narx va nonarx raqobatning har xil usullaridan, ya’ni firma xizmati, doimiy sotib oluvchilar narxidan chegirma qilish, kreditga sotish va h.k. foydalanish lozim bo‘ladi.
Jamiyatda tadbirkorlikni, raqobatni mukofotlovchi, shu jumladan, kichik biznes va oilaviy ishlab chiqarishni qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy-siyosiy va ruhiy muhit yaratish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Makroiqtisodiy darajada moliyaviy barqarorlik talab va taklifning balansliligiga erishish bilan antimonopol tartibga solishning umumiqtisodiy sharoiti yaratiladi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.