• ARBITRAJ BITIM
  • ARBITRAJ OPERATSIYALARI
  • ARBITRAJLASHTIRISH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet55/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ARALASH O‘RTOQLIK — hamkorlikda faoliyat qilish uchun ular o‘rtasidagi shartnomaga asosan tuzilgan bir necha fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar birlashmasi. A.o`. haqiqiy a’zolar va omonatchi a’zolarni o‘z ichiga oladi.
    ARBITRAJ – 1) xo‘jalik sohasidagi hakamlik sudi; 2) turli bozorlardagi qandaydir aktivlar (mahsulot, qimmatli qog‘oz, depozit, valuta va h.k.) qiymati, kursi o‘rtasidagi farqlardan foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan operatsiya, bitim; 3) davlat korxonalari, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi mulkiy bahslarni yechish uchun davlat organi. Davlat arbitrajida quyidagi masalalar ko‘rilishi mumkin: shartnomaviy yetkazib berish yoki qarzlarni undirib olishni bajarmaganlik masalalari bo‘yicha korxonalar va xo‘jalik tashkilotlarining bir-birlariga da’volari; o‘sha bozorda, ammo keyingi davrda yoki boshqa bozorlarda tovarlarni (kontraktlarni) eng foydali narx bo‘yicha qayta sotish yo‘li bilan daromadlarni olish maqsadi bo‘lgan faoliyati; bahslar vositachi sudya(arbitr) tomonidan yechiladigan hakamlar sudi va h.k.
    ARBITRAJ BITIM — 1. Bir vaqtning o‘zida bitta bozorning o‘zidan chet el valutasi, qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarni sotib olish va ularni (eng yuqori baho bilan) boshqa bozorda sotish; 2. Har bir birja markazlarida har bir baholar darajasidan foydalanishga asoslangan foydali birja bitimi (“spot” yoki muddatli).
    ARBITRAJ OPERATSIYALARI – bir paytning o‘zida turli bozorlarda mavjud bo‘lgan mahsulotlar, qimmatli qog‘ozlar, valuta va depozitlar narxlari yoki kurslari o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
    ARBITRAJ SUDI — savdo-sanoat palatasida doimo amal qiluvchi ijtimoiy tashkilot. U tashqi iqtisodiy va fan-texnika aloqalarini amalga oshirishda shartnoma va fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi bahslarni yechish uchun tuzilgan.
    ARBITRAJLASHTIRISH — foyda olishga yo‘naltirilgan va biron narsani bitta bozorda past bahoda xarid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hamda ushbu tovarni boshqa bozorda eng yuqori narx bilan qayta sotadigan faoliyat.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.