Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet53/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

ANTIMONOPOLIYA — (yakka hokimlikka qarshi kurash) qonunchiligi – raqobatchilik muhitini tadbirkorlikning turli sohalarida qo‘llab – quvatlash, monopolizm va insofsiz raqobatga qarshi qaratilgan huquqiy hujjatlar majmui. Antimonopoliya qonunchiligi odatda xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida cheklashlar joriy etish haqidagi, raqobat kurashi qoidalari, bu sohadagi qonunlarni boshqarilishi ustidan nazorat qiluvchi davlat idoralari vakolatlari to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida antimonopoliya qonunchiligi jumlasiga “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to‘g‘risida”, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonuniy hujjatlar kiradi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda muayyan mahsulot va xizmat bozorida yo‘l qo‘yiladigan monopoliyalashish darajasining yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlari qonuniy yo‘l bilan belgilab qo‘yiladi. Ammo muayyan hollarda bu ko‘rsatkichlardan chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Qonun bilan taqiqlangan monopolistik harakatlar jumlasiga odatda ayrim tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish texnologiya zanjiri bo‘yicha tik birlashmalar tuzish. Koorporatsiyalar tomonidan mahsulot yoki xom-ashyo bozorini taqsimlab olish yuzasidan bitimlar tuzish, mahsulot (xizmat) baholari darajasini o‘zaro kelishib olish kabilar kiradi.
Insofsiz raqobat tushunchasi maxsus belgilab qo‘yilgan va u begona mahsulot belgilaridan, dizaynidan, mahsulotning asl xususiyatidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, noxolis reklama qilish, raqobatchilar yoki ular ishlab chiqaradigan tovarlar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Bir qator mamlakatlarda shartnoma tuzish paytida tomonlarning tengligini ta’minlashga qaratilgan umumiy talablar qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan.
Antimonopoliya qonunchiligi faqat tovar va xizmat bozoriga emas, balki shu bilan bir qatorda qimmatli qog‘ozlar muomalasi va bozorida adolatni ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega.
Antimonopoliya qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslar ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilish nazarda tutilgan.

Download 0,64 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.