• ANNUITET FONDI
  • ANONIM TESTLASHTIRISH
  • ANONS (fr.)
  • ANSOFF MODELI
  • ANTIDEMPING BOJ
  • ANNUITET (lot. – annuitas – yillik to‘lov)




    Download 0,64 Mb.
    bet49/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ANNUITET (lot. – annuitas – yillik to‘lov) – 1) davriy tarzda to‘ladigan pul summasini (badal, renta, daromad). Sug‘urta ishida Annuitet renta yoki nafaqani sug‘urtalash yuzasidan har yili to‘lab boriladigan to‘lovlarni ifodalaydi. Annuitet, shuningdek kreditorga olingan qarz yuzasidan har yili to‘lab boriladigan pul (foizlar ham) summasini ham anglatadi. Annuitetning bir necha turlari mavjud; 2) Yillik qarzni qoplash va foizlarni to‘lash uchun davlatning muddatli qarzi; 3) Har yili kreditorga olingan qarzni qoplash (foizni ham qo‘shib) hisobiga to‘lanadigan ma’lum pul summasi.
    ANNUITET FONDI – muddatli davlat qarzi fondi. U asosiy qarzni unga to‘lanadigan foizi bilan asta-sekin qaytarish imkoniyatini hisobga olgan holda, har yili kreditorlarga muayyan daromad keltiradi.
    ANNULYATSIYA – yo‘qotilgan taqdirda qimmatli qog‘ozni bekor qilish jarayoni.
    ANOMALIYA (grek.) — jamiyatdagi krizis, e’lon qilingan maqsadlar (boylik, hokimiyat) o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularni realizatsiya qilishning mumkin emasligi bilan taqozo etiladigan qiymatliklarni joylashtirishni xarakterlovchi individual va jamiyat ongining axloqiy-psixologik holati; kishining jamiyatdan begonalashishi, loqaydlik ko‘ngil qolganlikda ifodalanadi va qoidaga ko‘ra jinoyatchilikning o‘sishiga olib boradi.
    ANONIM TESTLASHTIRISH — raqobatchilar mahsulotlarini testlashtirish shakli bo‘lib, bunda bir-biriga o‘xshash xarakteristikaga ega bo‘lgan mahsulotlar anonim tarzda baholanadi. Qoida tariqasida, bu narsa mahsulotni anonim qadoqda yoki uning xarakteristikasi ko‘rsatilmagan qadoqda testlashtirish ko‘rinishida ro‘y beradi. G‘oyaning mazmuni shundaki, tekshiruvchilar guruhi testlashtirilayotgan barcha mahsulotlarni ularning o‘xshashligidan va sifatidagi tafovutdan kelib chiqib baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    ANONS (fr.) — bo‘lajak auksion, ko‘rgazma-sotish to‘g‘risida e’lon qilish.
    ANSOFF MATRITSASI — marketing strategiyalari va kompaniyaning umumiy tijorat strategiyalari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishda foydalaniladigan format — qolip. To‘rtta yacheykadan iborat bo‘lgan diagrammasimon jadval ko‘rinishida ifodalanadi, yana shu yacheykalarda bozor shaffofligi, bozor rivojlanishi, mahsulot rivojlanishi va diversifikatsiya aks ettiriladi. Bu narsa yangi va allaqachon mavjud bo‘lgan bozorlarda mavjud bo‘lish mumkin bo‘lgan turli-tuman joy o‘zgartirishlar va qo‘shib uyg‘unlashtirishlarning yangi va mavjud mahsulotlarga nisbatan ta’sirini ko‘rib chiqishga imkoniyat beradi.
    ANSOFF MODELI — mashhur “tovar — bozor” modeli. Bozorga chuqur kirib borish strategiyasi, tovarga ishlov berish strategiyasi, bozorni rivojlantirish strategiyasi, zamonaviy diversifikatsiya strategiyasini o‘z ichiga oladi.
    Masalan, “bozorga chuqur kirib borish strategiyasi” firma (korxona, kompaniya) mavjud bozorda yetarlicha mashxur tovar bilan ishlayotganda tavsiya etiladi. Go‘yoki u o‘zlashtirib bo‘lingan, firma muvaffaqiyat qozonishiga imkoniyat yo‘qdek tuyuladi. Shunday bo‘lsada, birinchidan, tovar harakatini jadallashtirishda, ya’ni yangi, tajribaliroq va faolroq distribyutorlar topishda, tovar harakati kanallarini takomillashtirishda, vertikal marketing tizimini yaratishda topilishi mumkin (ishlab chiqaruvchilarni, ulgurji va chakana sotuvchilarni yagona kompleksga, binobarin, yagona rahbarlik ostida, o‘zaro foyda asosida birlashtiriladi). Ikkinchidan, firmaga yordam berishi mumkin bo‘lgan jihatlar — faol reklama, sotish va savdoni rag‘batlantirishning turli shakllari, servis tadbirlari va iste’molchiga ta’sir ko‘rsatishning boshqa uslublari ishga solinadi. Firma iste’molchilarning keng ommasi uchun maqbul darajagacha narxlarni pasaytirish hisobiga bozor hajmini kengaytirishga harakat qilishi mumkin. Talabning narx moslashuvchanligi omili ham ish berishi mumkin.
    ANTIDEMPING BOJ — tovarlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatiga zid bo‘lgan tannarxidan past bahoga sotishdan bozorni himoya qilish vositasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ANNUITET (lot. – annuitas – yillik to‘lov)

    Download 0,64 Mb.