|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 47/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANDINOVANIE — tovarni ortganlik to‘g‘risida sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga yuboriladigan xabarnoma turi. A. xalqaro non savdosida keng tarqalgan.
ANDS GURUHI — Lotin Amerikasi assotsiatsiyasi integratsiyasi doirasidagi subregional savdo-iqtisodiy birlashmasi. 1969 yilda tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga Boliviya, Kolumbiya, Peru, Chili va Ekvator kiradi. A. g. ga Venesuela 1973 yilda qo‘shilgan. Uni tuzishdan maqsad, ushbu mamlakatlarning tekis va garmonik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish, integratsiya yordamida va iqtisodiy-siyosiy kelishuv, savdoni liberallashtirish, yagona boj tarifi kiritish, kam rivojlangan mamlakatlar uchun imtiyozli sharoit yaratish orqali ularning iqtisodiy o‘sishini tezlashtirishdan iboratdir.
ANDSRLAING – optsion shartnomasi shartlariga ko‘ra xarid qilish va sotish huquqini beruvchi optsionga asos hisoblangan qimmatli qog‘oz.
ANGLIYA AUKSIONI — stavkalari pastdan yuqoriga ko‘tariladigan va tovar savdosi eng yuqori stavkani taklif qilgan oxirgi xaridorga sotilmaguncha davom etadigan auksion.
ANGLIYA FOND BIRJALARI — Angliyada fond birjalarining o‘ziga xos xususiyati bu ularning yuqori darajada kontsantratsiyalashuvidir. Buyuk Britaniyada 22 ta birja faol ish ko‘rsatib kalmoqda. Ularning har biri o‘zining ustaviga, ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga ega. Eng yirik birja bu London fond birjasidir uning tarixi XVII asrga borib taqaladi. 1973 yilning 26 martida olti ragional birgina London fond birjasi bilan birlashdi, lakin ular o‘z savdo zallarini saqlab qolishdi. Bu birjalar ikki katagoriyaga bo‘linadilar, brokarlar va jobbarlarga ularning har qaysi faqat o‘ziga xos oparatsiyalarni olib borish huquqiga ega.
Brokarlar – agantlar bo‘lib, ular birgina a’zosi bo‘lmaganlar nomidan ish olib borib ularni topshirig‘i bilan qimmatli qog‘ozlarni dilar va tagishli komission xizmat haqi oladilar.
Jobbarlar – o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish bilan shug‘ullanib faqat brokarlar yoki boshqa jobbarlar bilan shartnoma tuzish huquqiga egalar.
|
| |