|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 46/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANATOTSIZM (grek.) — foizlardan foizlar olish, ya’ni foizlarni nafaqat dastlabki summadan, balki o‘tgan vaqtdagi o‘sgan foizdan ham hisoblash.
AND PAKTI — Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Peru va Venesuela o‘rtasidagi jumladan And tog‘lari mintaqasida erkin savdo zonalarini tashkil etishni qo‘shgan holda iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim.
ANDERLAING (ing.) — optsion shartlariga mos ravishda oldi-sotdi huquqiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar. ANDERRAYTER (ing.)–1)qimmatli qog‘oz (aksiya)larni bozorda joylashtirish, sotish majburiyatini olgan; 2) bozorda qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish va realizatsiya qilish majburiyatini o‘z bo‘yniga oluvchi shaxs.
ANDERREYTING (ingl. – underwriting) – 1) qimmatli qog‘ozlarni vositachilar, investitsiya banklari orqali oshkora obuna yo‘li bilan tarqatish. Investitsiya banklari qimmatli qog‘ozlarni ularni chiqaruvchi kompaniyalardan oldindan belgilangan narxga ko‘ra, sotib oladilar va keyin ularni xususiy yoki yuridik shaxs sanaluvchi investorlar o‘rtasida balandroq baholarga tarqatadi. Qimmatli qog‘ozlar katta miqdorda chiqarilayotganda bir necha investitsiya banklari maxsus emissiya sindikatini tashkil etadilar. Bunda emissiya muddati, qimmatli qog‘oz bahosi, komission haq miqdorini o‘zaro kelishib oladilar. Shundan so‘ng investitsiya banklarining har biri o‘zi uchun ajratilgan qimmatli qog‘oz hissasi miqdorida o‘z mijozlari o‘rtasida obunani tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar ularning emitenti tomonidan bevosita taqsimlanadigan bo‘lsa, u holda “Qimmatli qog‘ozlarni xususiy tarzda tarqatilishi” deb yuritiladi. Aksiyalarga obuna bo‘lish, ko‘chmas mulklarni sug‘urtalash uchun qabul qilish; 2) Odatda, vazifalarini investitsiyaviy banklar bajaruvchi ochiq obuna bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish. Investitsiyaviy banklar oldindan baho bo‘yicha ularni chiqarayotgan kompaniyalardan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va keyin ularni eng yuqori baho bo‘yicha xususiy yoki institutsional investorlar o‘rtasida joylashtiradi. Qachonki yangi chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlar hajmi yetarli darajada ko‘p bo‘lsa, bir qancha investitsiyaviy banklar maxsus emission sindikat tuzadi, emissiya muddatlari, qog‘ozlar narxi, uning a’zolari uchun komission mukofotlar hajmini kelishib oladi. Shunday sindikatga kiruvchi har bir investitsiyaviy bank uning belgilangan hissasi doirasida o‘z mijozlari o‘rtasida obuna o‘tkazadi. Investorlar o‘rtasida qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish muammolari bilan emitentning o‘zi shug‘ullansa, unda “xususiy joylashtirish” yuz beradi; 3) Aksiyalarga obuna; 4) Ko‘chmas mulk bitimlar va h.k. ni sug‘urta qildirish.
|
| |