|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 48/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANGLOSAKSON MODAL – bu modal birjaviy bozor bo‘lib, bankdan tashqari invastorlar va koorporativ aksiyalar bilan oparatsiyalar ustunlikka ega. Bunga asosan: invastitsiyalar manbai fond bozori, aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorining eng yirik sagmanti hisoblanadi;
Fond bozorining ishtirokchilari, ya’ni moliya institutlari yuqori salmoqqa ega; mulkchillik shakli – kollaktiv-jamoa invastitsiyalash institutlari; bozorning oydinlik darajasi – chaklashlar kam. Bu modalning eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri – banklarning birjadan ajralib turishidir, ya’ni ular qimmatli qog‘ozlar bilan kam shug‘ullanadilar (bu modal AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarga mansub).
ANGOR (ANGORA) — qadimiy davrlardagi maydon o‘lñhovchi. Odatda, atrofi uvat bilan o‘ralgan yaxlit ekin maydoni bir angor deyilgan. Shuningdek, o‘rta asrlarda va qisman hozirgi kunda ham hosili yig‘ib olingan ekinzor, masalan: bug‘doyzor, arpapoya angor – angora deb atalgan.
ANIQ MEHNAT- tovarga sarflangan mehnatning iste’mol qiymatlari yaratadigan jihati. Aniq mehnatlar bir-birlaridan mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi va mehnatning natijalariga ko‘ra farqlanadilar.
ANIQLANMAGAN TUSHUMLAR - Agar daromadlarni hisobga olganda ularni aniq bir budjetga hisobga olish yoki budjet tasnifining aniq bir bo‘limiga o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, ular aniqlanmagan tushumlar dab ataladi.
ANKETA (ingl. Questionaire) — marketing axborotlari yig‘ish uchun bir vosita. Muayyan ketma-ketlikda joylashtirilgan yoki beriladigan turli xildagi (yashirin, ochiqdan- ochiq) savollardan iborat bo‘ladi. Nutqimizga singishib ketgan “anketa”ni o‘zbek tiliga “savolnoma” deya tarjima qilish va muomalaga kiritish ham mumkin. Jumladan, anketa respondent tomonidan mustaqil to‘ldirilishi lozim bo‘lgan savollar ro‘yxati: 1) pochtaga taalluqli, 2) tarqatiladigan, 3) ekspress (tez to‘ldiriladigan), 4) so‘rov varag‘i (hajmi katta bo‘lmagan anketa, ya’ni qoidaga ko‘ra bir qog‘ozda 10 dan ortiq savollarning bo‘lmasligi) turlari mavjud.
ANKETALASH – 1)iqtisodiy jarayonlarni, bozorni, mijozlarni marketing tadqiqoti yo‘li bilan o‘rganish, qonunchilik muammolarini aniqlash, ijtimoiy voqelikka baho berishning usullaridan biri. Anketalashtirish jarayoni quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 1) javob berilishi lozim bo‘lgan savollarni tayyorlash; 2) ularni so‘rov o‘tkazilayotgan shaxslar orasida tarqatish: 3) javoblarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish.
Anketalash tovar, xizmat va qimmatli qog‘ozlar bozorida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni oldindan aytib berish, bozordagi mavjud ahvolni bilish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, hamda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Anketalashda ikki xil savollar qo‘yilish mumkin: 1) ochiq savollar, ya’ni so‘raluvchiga o‘z so‘zi bilan javob berish imkonini beruvchi savollar; 2) yopiq savollar, ya’ni savolga berilishi mumkin bo‘lgan javoblar variantini ko‘zda tutuvchi bo‘lishi mumkin; 2) Anketalashtirish — marketing tadqiqotida mijozlar bilan so‘roq o‘tkazish usullaridan biri. A. jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: anketalarni tayyorlash, qaysi so‘ralgan savollarga javob berish mumkin; anketalarni tarqatish, ularni ishlash va tahlil qilish. A. da ikki xildagi savollar bo‘ladi: 1) ochiq savol, bunga so‘ralayotgan kishining o‘z so‘zi bilan javob berish imkoniyati bo‘ladi; 2) yopiq savol, bu barcha variant javoblarini o‘z ichiga oladi va so‘ralayotgan kishi ochiq savollardan faqat bittasini tanlaydi.
ANKLAVLIK — bu mamlakatning dengiz portlaridan uzoqdaligi va uning bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga chiqish imkoniyatining yo‘qligidir.
|
| |