|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 51/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ANTIMONOPOL QONUNCHILIK – 1) iqtisodiyotda yakka hukmronlik mavqeiga ega bo‘lgan biror bir faoliyat turiga qarshi davlatning kurash siyosatidan iborat; 2) A.q. monopolistik birlashmalar trest, konsern va hokazolar shaklida paydo bo‘lgan XIX asrdayoq ularning jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotiga to‘siq ekanligini anglagan holda Yevropa mamlakatlarida trestlarga qarshi qonunlar qabul qilingan edi. Bunday qonunchilik muttasil rivojlanib va takomillashib bormoqda. Masalan: 1980 - yili AQShda trestlarga qarshi “Sherman qonuni” qabul qilindi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida shu yo‘lga o‘ta boshlagan deyarli barcha mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham, antimonopol qonunchilik yaratilgan. Antimonopol qonunlar orqali davlat ayrim yirik firmalarning boshqa firmalarga nisbatan monopolistik imtiyozlarini cheklab turadi. 1992 - yili O‘zbekistonda ham “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida” va 1996 yilda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunlar qabul qilingan. Bundan tashqari ba’zi davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, antimonopol faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus tuzilmalar ham yaratilgan.
ANTIMONOPOL QONUNLAR — bozorda xo‘jalik oboroti ishtirokchilari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qonun yo‘li bilan mustahkamlangan eng muhim qoidalari. A.q. asosiy maqsadi xalq xo‘jaligida raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit va rag‘batlantirishni ta’minlash, qonun asosida markaziy hokimiyat organlari monopolistik xatti-harakatlarni, xo‘jalik oboroti ishtirokchilari diktatorligini istisno qilish yo‘lidagi aktivlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tashlash hamda monopolistik harakatlarni tartibga solishda sof raqobat qoidalarini tuzishidagi huquqiy tartibotni aniqlashdan iboratdir.
ANTIMONOPOL SIYOSAT — ishlab chiqarishni monopollashtirishga qarshi va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlatning kompleks tadbirlari (tegishli qonunlar, soliq olish tuzimi, denatsionalizatsiya, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik korxonalar tuzishni taqdirlash va h. k.).
|
| |