• AMORTIZATSIYA NORMASI
  • AMPLIATSIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet45/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AMORTIZATSIYA FONDI – 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini aksiya chiqarish yo‘li bilan birlashtirib, ixtiyoriy bitim asosida tuzilgan tashkilot; 2. A.f.— mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada yaratiladigan (vujudga keltiriladigan, shakllantiriladigan) pul mablag‘lari fondi; 3) A.f.— mahsulot sotish davomidagi pul tushumidan hosil bo‘ladigan firmaning pul fondi. Ma’lumki, asosiy fondlarning eskirish qiymati mahsulot tannarxini tashkil etuvchilaridan biridir. Bunday fondning miqdori asosiy fondlar qiymatiga, uning tuzilishiga, tarkibiga va amortizatsion ajratmalar normasiga bog‘liq bo‘ladi.
    AMORTIZATSIYA NORMASI — 1) amortizatsiya uchun ajratilgan yillik summaning asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatiga foizlarda ifodalangan nisbati. A. normalari asosiy fondlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan (normativ) xizmat muddatlariga qarab belgilanib, bu muddatlar mehnat vositalarining uzoqqa chidamliligi va moddiy jihatdan eskirishiga, mashina va uskunalarning kapital remontiga, ularni yangilash va almashtirishga sarflanadigan xarajatlarning nisbatan samaradorligiga, foydalanishda bo‘lgan asosiy fondlarning haqiqiy yoshiga, asosiy fondlarning ma’naviy eskirishiga bog‘liqdir.
    A. normalari asosiy fondlarning balansdagi qiymatini, xizmat muddatini, ishdan olingan asosiy fondlarni sotishdan kelgan tushumlarni (tugatish qiymatini) hisobga olgan holda, ularni faqat to‘la tiklash (yangilash) uchungina o‘rnatiladi. A. normalari asosiy fondlarning ayrim turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan bo‘lib, barcha birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar uchun yagonadir; 2) A.n. – amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi; 3) A.n. – amortizatsiya ajratmasi yillik summasining asosiy kapital qiymati summasiga nisbatining foizlardagi ifodasi. AMPLIATSIYA – pul olinganligi haqidagi tilxatning nusxasi.
    AMPLIFIKATSIYA (lot.) — bir xil elementlar tizimi harakatini boshqalar harakatining juda kam o‘zgarishi ta’siri ostida kuchaytirish.
    ANALIZ - yunoncha “analysie” so‘zidan kalib chiqqan bo‘lib, “bir butunni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish” dagan ma’noni anglatadi yoki biror jarayonni o‘rganishda umumiylikdan xususiylik sari tadqiq qilish tushuniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.