• AKSIZ SOLIG‘I
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet37/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AKSIYALARNING BONUSLI EMISSIYASI – aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida bepul tarqatish maqsadida muomalaga chiqarish.
    AKSIYALASHTIRISH – davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni.
    AKSIYANING NOMINAL QIYMATI – bu aksiyada yozilgan pul summasidir.
    AKSIZ – 1). Egri soliq turlaridan biri. Individual aksiz (tovarlarning ayrim turlari va guruhlari bo‘yicha) va universal aksizlar (masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i)ni bir- biridan farq qiladilar; 2). A. kang ista’mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga solinadigan qo‘shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko‘rsatilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar) narxi ustiga qo‘yiladi; 3) A. u tovar va xizmatlar narxi ustiga qo‘yiladi va iste’molchi tomonidan to‘lanadi; 4) Aksizlar— keng iste’mol tovarlari va xizmatlaridan olinadigan egri (bilvosita) soliqlarning turlaridan biri. Tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiritiladi. Odatda yuqori rentabelli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini budjetga olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va import qilingan aksiz to‘lanadigan mahsulotlarga aksiz solig‘i solinadi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga aksiz solig‘ini to`laydi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati va aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday tovarlar jumlasiga ichimlik spirti, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, kon’yak, shampan vinosi, pivo, ikra, tamaki mahsulotlari, yengil va yuk avtomobillari, zebu-ziynat buyumlari, neft va neft mahsulotlari hamda shu kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun ularning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holdagi (aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga olgan) qiymati yoki mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish ob’ekti hisoblanadi; 4). Aksiz (fr.) —Tovar yoki xizmat bahosiga qo‘shimcha sifatida olinadi va ular oxirgi iste’molchi tomonidan to‘lanadi. Chet elda A. umumiy soliq siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi va budjet daromadlarini ko‘paytirish va ayrim tovarlarni iste’mol qilish (tamaki, spirtli ichimlik), ayrim tur ishlab chiqarishning tabiatga salbiy ta’sir qilish oqibatlari bilan taqozo etiladigan ijtimoiy xarajatlarni qoplash hamda qurilish va avtomobil yo‘llariga qarash (avtomobilni sotib olish, soliq turi sifatida, avtomobil haydashga ruxsat va h.k.) mamlakat ishlab chiqarish va boshqalarni proteksionizm (mamlakat milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqisodiy siyosat) uchun foydalaniladi. Qoidaga binoan A. tovar qiymati bilan ham, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat xarajatlari bilan ham bog‘liq emas, u soliq olish maqsadi va budjetning daromad qismi ehtiyojiga bog‘liq holda belgilanadi. Ayrim mamlakatlarda iste’moldan soliq olish, ya’ni chakana savdodagi har bir sotib olishdan, xizmatlar sohasidagi aylanmasidan soliqdan, tomoshadan soliq va h.k. ko‘proq rivojlanib bormoqda.
    AKSIZ SOLIG‘I - Bilvosita solinadigan soliq turi bo‘lib, ichki va tashqi, ya’ni mamlakat ichkarisida ishlab chiqariladigan va bojxona orqali olib kiriladigan tovarlarning ayrim guruhlari qiymatidan olinadigan mablag‘. Aksiz solig‘i tovar narxiga yoki ko‘rsatilgan xizmat haqiga qo‘shimcha sifatida undiriladi va oxirgi iste’molchi hisobidan to‘lanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.