|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 31/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSIONER JAMIYAT — 1) aksiyalarni sotish orqali pul mablag‘larini markazlashtirish asosida ishlab chiqarishni tashkil etish shakli. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda korporatsiyalar shaklida keng tarqalgan.
A.j. yopiq turida aksiyalar faqat ta’sischilar o‘rtasida tarqatiladi, ochiq turida esa aksiyalar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ochiq A.j. rasmiy jihatdan bitta aksiyani sotib olgan kishi ham birlashgan mulkning birgalikdagi egasi bo‘lishi mumkin. Ammo A.j. mulkni boshqarish va buyruq berishda real hokimiyatga ega bo‘lish uchun aksiyalarning ancha qismini o‘z qo‘lida to‘plashi zarur (50 foizdan oshiq qismini). Aksionerlarning umumiy majlisida ulardagi ovoz berish huquqini beruvchi aksiyalar summasiga proporsional ravishda har bir kishi ovoz miqdoriga ega bo‘ladi.
A.j. — bu yuridik shaxs. U o‘zining nizomiga ega, unda jamiyatning maqsadi, kapital hajmi, ishlarni boshqarish tartibi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aksionerlarning umumiy majlisi A.j. oliy boshqarish organi hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra majlis bir yilda bir marta chaqiriladi, joriy ishlarga mahkama yoki direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, taftish komissiyasi saylanishi mumkin.
A.j. oladigan foydasi soliqlarni to‘lashga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, rezervlarni to‘ldirishga, mukofotlarni to‘lashga va har bir kishining aksiyalar summasi qiymatiga proporsional ravishda Aksionerlar o‘rtasida daromadlar — dividendlar sifatida taqsimlanadi.
Dividendlar hajmi A.j. ishining holatiga bog‘liq bo‘ladi va har yili A.j. oliy organi tomonidan belgilanadi. Ehtimoli qog‘ozlarning bozordagi nominal bahosidan qat’iy nazar, ular bozor yoki kurs bahosi bo‘yicha sotiladi, bu esa ularga dividend keltirishga bevosita va ssuda foiziga teskari bog‘liq bo‘ladi. A.j. mulki bo‘linmaydi. Har bir Aksioner uning aksiyalarining qiymatiga mos ravishda mulk hissasiga ega bo‘ladi. A.j. chiqqanda esa faqat o‘z aksiyalarini sotishi mumkin.
Aksionerlarni jalb etishning ustunligi — bu A.j. majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikning yo‘qligidir. Bankrot bo‘lgan holatda jamiyat a’zosining xavfi uning Aksioner kapitalga solgan o‘z summasidan oshmasligi mumkin; 2) Mas’uliyati chaklangan firmalarning eng kang tarqalgan shakli bo‘lib, odatda ko‘proq foyda olish maqsadida moddiy, mahnat va pul rasurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi. Aksionarlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo‘ladi. Ochiq turdagi aksionarlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir nacha kishilar (korxonalar) ga tagishli bo‘lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas;3) xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aksionerlik jamiyatlari pul jamg‘armalarining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko‘rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi; 4) Aksionerlik jamiyati kapitalga egalik qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarining ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan kapital yiriklashuvining orqada qolishi o‘rtasidagi ziddiyatni hal etish maqsadida aksiyalar chiqarish va sotish yo‘li bilan jamg‘armalarini birlashtirib faoliyat ko‘rsatish maqsadida tuziladigan jamiyati. Odatda, jamiyatni ta’sischilar tuzishadi. Ular boshqaruv raisi va a’zolarini shakllantiradilar. Jamiyat faoliyati ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jamiyat a’zolari, ya’ni aksiya egalari jamiyat foydasidan o‘z kapitallariga yarasha dividend olib turishadi.
Jamiyat ikki xil ochiq va yopiq bo‘ladi. Yopiq jamiyatlarida aksiyalar faqat ta’sischilargagina, ochiq jamiyatlada esa jamiyatga a’zo bo‘lishni istagan barcha kishilarga sotilaveradi.
|
| |