|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 29/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSEPTLANGAN TRATTA – to‘loviga rozilik berilgan o‘tkazma veksel.
AKTSEPTLANGAN TO‘LOV KAFOLATI – bank aktsepti mavjud kafolat, ya‘ni to‘lovchi hisobidan to‘lash uchun zarur mablag‘lari borligi to‘g‘risida dalil. Oluvchiga mablag‘larni o‘tkazishga kafolatlaydi, aloqa vazirligi korxonalari bilan hisob-kitobda, transport tashkilotlari bilan yuklarni, yo‘lovchilar guruhlarini va ularning yuklarini tashiganligi uchun bir martalik hisob-kitoblarda qo‘llaniladi. Kafolat o‘tkazuvchining hisob va joriy hisoblarida mablag‘lar mavjudligida bo‘ladigan to‘lov summasini alohida balans hisobiga depozitga qo‘ygandan keyin akseptlashtiradi. Kafolatning aktseptlashtirilgan nusxasi to‘lovchiga beriladi, tovar va xizmatlarni olgandan keyin mablag‘larni oluvchiga o‘tkaziladi. Mablag‘lar oluvchi uni o‘z hisobiga hisoblash va depozitga qo‘yilgan kafolat summasini o‘z hisobidan chiqarib tashlash uchun bankka taqdim etadi.
AKSEPTLANGAN VEKSEL – to‘loviga rozilik berilgan veksel.
AKSEPTLANMAGAN TRATTA – to‘loviga rozilik berilmagan o‘tkazma veksel.
AKTSEPTLASH (ingl, acceptance) – qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi kafolatlash, aksiya oldi – sotdisida vositachi firmalar tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalaridan biri. Kompaniyalar aksiya chiqarganda u muayyan firmaga saqlash uchun topshiriladi va firma ushbu aksiyalarni haridorlar o‘rtasida tarqatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mabodo, aksiyalar soni juda ko`p bo‘lsa, u holda vositachi firma tavakkal qilishga majbur bo‘ladi, chunki aksiyalarning sotilmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi, lekin ular to‘liq sotilgudek bo‘lsa, u holda vositachi firma katta miqdorda daromad olishi mumkin.
AKTSEPTLI – rambursli kredit-eksport qiluvchining vekseli uchinchi mamlakat banki tomonidan aktseptlagan bankka o‘tkazadi.
AKTSEPTLI KREDIT – bu yirik banklar tomonidan xarajatni aktseptlash shaklida beriladigan kreditdir.
AKTSEPTSIZ TO‘LOV TALABLARI – to‘lovchining roziligisiz va uning aktseptdan voz kechish to‘g‘risidagi arizasiga qaramasdan to‘lovni bank orqali undirib olish. Qonunda ko‘rsatilgan holatlarga ko‘ra, shubhasiz, qarz mablag‘larni undirib olish ifoda etilgan. To‘lov tartiblari quyidagi tartibda bo‘ladi: uy-joy ekspluatatsiyasi tashkilotlaridan o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari va amal qilayotga ta‘riflari asosiga ko‘ra gaz, suv va issiqlik energiyasi uchun; tashishga xizmat qiladigan, hujjatlar kiritilgan xarajatlar bo‘yicha yuklarni tashishda bevosita va aralash aloqadagi temir yo‘l, kemasozlik va avtotransport o‘rtasidagi hisob- kitoblar uchun; sifati va davlat standartlari kompleksligi, texnik sharoitlar, namunalar yoki yo‘l bo‘yicha mos kelmaydigan tovarlarga ortiqcha to‘langan summalarni qaytarib olish uchun qonunda ko‘rsatilgani bo‘yicha tayyorlovchilardan va boshqa holatlarda jarimani hisobdan chiqarishga sotib oluvchilar talablari.
|
| |