|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 25/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKT (ingl. act.) – 1. Rasmiy hujjat, yozuvlar; 2. Qaror. Odatda A. deb ma‘lum huquqiy me‘yorlar shaklida yuridik, jismoniy shaxslar, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy bitimlar, shartnomalar qayd etilgan hujjatga aytiladi; 3. Muayyan shakl bo‘yicha tuzilgan, qandaydir faktlar, voqealarni tasdiqlovchi yoki xo‘jalik yuritish sub’ektlariga muayyan xulq-atvorni amr qiluvchi va yuridik kuchga eta bo‘lgan rasmiy hujjat.
AKT QOG‘OZI – shartnomalar va bitimlar uchun gerbli (tamg‘ali) qog‘oz.
AKTIV – 1. Yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli mol-mulk huquqi yig‘indisi. Aktiv asosiy vositalar, moddiy bo‘lmagan, moddiy ishlab chiqarish zahiralari, pul mablag‘lari, moliyaviy qo‘yilmalar, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan pul yoki mulkiy talablar shaklida mavjud bo‘ladi; 2. Korxona, muassasa, tashkilot buxgalteriya balansining so‘l tomoni, unda hisobot yilining boshi va oxiridagi xo‘jalik mablag‘larining iqtisodiy guruhlari tarkibi, joylashtirilishi va foydalanilishi.
Moddiy bo‘lmagan aktivlar jumlasiga yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan, binolar, inshootlar, uskunalardan foydalanish huquqi bilan bog‘liq qiymatlar, boshqa nomoddiy huquqlar (shular jumlasidan ixtirolar, “Nou-xau”lardan), ushbu korxonalarning korxona ishtirokchisi tomonidan (qo‘shma korxona, hissadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat va h.k.) korxona ustav jamg‘armasiga hissa tariqasida o‘tkazilishi yoki korxona faoliyati davomida sotib olinishi; 3. Chetdan olingan mamlakat pul daromadlarining (tovar chiqarish natijasida) uning chet eldagi xarajatlaridan oshishi; 4. Jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli mulkiy huquqlarning yig`indisi. Aktivlar material substantsiyaga ega bo‘luvchi ko‘rinib turadigan (uskuna, qurilish, tovar, material gazlamalari) va ko‘rinib turmaydigan (patentlar, qarz berish-olish majburiyatlari va h. k.) bo‘lishi mumkin. Aktivlar ularning yil davomida pulga aylanishi yoki aylanmasligiga bog‘liq holda joriy va fiksallangan xillariga bo‘linadi. Xo‘jalik amaliyotida aktiv va qarz balanslari tuziladi. Qarz uning hisob davrida qoplanishi yoki undan keyinga o‘tishiga qarab qisqa va uzoq muddatga bo‘linadi. Firma mulkining qiymati aktivdan qarzni chiqargan qiymatga teng bo‘ladi.
|
| |