|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 28/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSEPT IDORASI YOKI BANKI – veksel bilan ta‘minlanganlik uchun kredit beruvchi moliya tashkiloti. Kredit kreditorni trassatga qo‘shish yo‘li bilan berilishi mumkin (ayniqsa tashqi savdoda). Aktsept idoralari tovarni ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish o‘rtasidagi vaqtda uzilishni bartaraf etish uchun eksportyorlarni tez-tez kreditlab turadi. Bunday kredit tratta tomonidan rasmiylashtiriladi va ayrim holatlarda aktsept krediti deyiladi.
AKTSEPT KREDITI (lot.) – eksportyor yoki importyor tomonidan o‘z veksellarini berish yo‘li bilan (agar shu bankka qo‘yilgan bo‘lsa) olinadigan bank krediti. Bunday veksellar sotilishi mumkin, ya‘ni bank aksepti veksellarni sotib oluvchiga bankda shu bo‘yicha raschot olish huquqini beradi.
AKTSEPT UYI — xalqaro savdoda veksel ta’minoti doirasidagi kredit beruvchi moliya instituti. A.u. ko‘pincha tovar ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish o‘rtasidagi vaqt farqini bartaraf etish uchun eksportyorlarni kreditlaydi. Shunday kredit tratta tomonidan rasmiylashtiriladi va aktsept kredit deb ataladi.
AKSEPT-RAMBURSLI KREDIT – chetga mahsulot chiqaruvchi shaxs to‘lovga taqdim etgan o‘tkazma veksellar bo‘yicha chetdan mahsulot keltiruvchining hisob-kitoblarini yurituvchi bank aksepti shaklidagi kredit. AKTSEPTANT YOKI TRASSAT (lot.) – taqdim etilgan hisob, veksel bo‘yicha to‘lov muddati kelishi bilan majburiyatni to‘lashni o‘z bo‘yniga oluvchi bankning yoki firmaning javobgar shaxsi.
AKTSEPTDAN QISMAN VOZ KECHISH – tovarlarga yoki xizmatlarga o‘rnatilgan baholarning talabdagidan oshib ketishi, arifmetik xato, buyurtma qilinganlar bilan bir qator qonunsiz moddiy boyliklarni jo‘natish, tovar bir qismining muddati o‘tganga qadar hujjat bilan belgilanganga nisbatan aktsept uchun sifatsizligi, nokomplektliligi yoki standart talablariga mos kelmasligi, oldindan qisman to‘langan tovarlar va xizmatlarga talablarni aytish bilan taqozo etiladigan pul yoki tovar hujjatlarini to‘lashdan kechish.
AKTSEPTDAN VOZ KECHISH (vekseldan) (ing.); TO‘LOVDAN VOZ KECHISH (veksel bo‘yicha) – agarda trassat vekselni aktseplashtirishdan voz kechsa yoki aktseptlashtirib uni o‘z muddatida to‘lashdan voz kechsa, uni aktseplashtirishdan yoki to‘lashdan voz kechdi deyiladi. Aktseptdagi bunday voz kechish to‘grisida o‘zini trassat tomonidan to‘lanmaganlik uchun javobgar hisoblovchi veksel egasi yoki veksel bo‘yicha to‘lashdagi barcha tomonlar darhol xabar qilmog‘i lozim.
|
| |