|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 24/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AKSELERATOR (lot.) - bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishda foydalanadigan ko‘rsatkich. Akseleratsiya prinsipini shundan kelib chiqadiki, bunda iste‘mol xarajatlarining ko‘payishi kapital jamg‘arilishida o‘zgarish bo‘lishini taqozo etadi. Misol, tovarlarga bo‘lgan iste‘mol talabining birmuncha o‘sishi ishlab chiqarish quvvatlarning ko‘payish natijasi bo‘lishi mumkin. Aksincha, iste‘mol xarajatlarining ancha kamayishi mahsulot tayyorlovchilar foydasini shunchagacha kamaytiradi, bu ularga hattoki eskirgan uskunani almashtirish imkonini bermaydi, ya‘ni u yoki bu investitsiyani kamaytirishga olib keladi. Akseleratsiya koeffisenti (akselerator) iste‘mol xarajatlarining o‘sishi yoki pasayishi taqozo etiladigan investitsiyalar hajmining o‘zgarishini xarakterlaydi.
AKSELERATSIYA (lot.) – ishlab chiqarish quvvatlarini, natijada iste‘mol talabini kamaytirish-ko‘paytirish bilan taqozo etiladigan investitsiyalarni ko‘paytirish- kamaytirish. Miqdoran investitsiyalar o‘sishining u taqozo etadigan daromad, iste‘mol talabi yoki tayyor mahsulotning nisbiy o‘sishiga bo‘lgan nisbatida ifodalanadi.
AKSEPTLASHTIRUVCHI BANK — taklifni qabul qilish, majburiyatni bajarish, xarajatni to‘lash uchun rozilik bergan yoki bu rozilikni tasdiqlovchi bank.
AKSEPTLASHTIRILGAN CHEK — taklifni qabul qilish, majburiyatni bajarish, xarajatni to‘lashni chek orqali kafolatlash.
AKSILDEMPING TADBIRLAR; DEMPINGGA QARSHI CHORA- TADBIRLAR (ineya. Anti-dumping) — hukumatning boshqa davlat tomonidan mamlakat bozorida tovarlar dempingini bartaraf etishga qaratilgan maqsadli faoliyati. Bir necha yil muqaddam bunday chora-tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiya Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, jumladan. to‘qimachilik sanoati tovarlariga qarshi joriy etilgan edi. Hukumat sifat va narxlarning oqilona darajasini ta’minlagan holda mamlakat ichki bozori xususida g‘amxo‘rlik qilishini tushunsa bo‘ladi. Ammo aksildemping tadbirlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar buzilishi va ularning savdo-sotiq aloqalariga sovuqchilik solishi mumkin. Dempingga qarshi chora- tadbirlar eksport marketingi tadbirlarini, ayniqsa, qisqa muddatli kompaniyalarni amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin.
|
| |