• AKKRADITIV — (lot. accredo- ishonaman)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet22/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AKKREDITATSIYA (fr.) – 1. Qandaydir xalqaro tashkilotda diplomatik vakil boshlig‘i yoki doimiy vakilni vazifaga tayinlash va kirishish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro huquqdagi harakatlar majmui; 2. Pulni olish yoki savdo operatsiyalarini o‘tkazishga kimgadir rasmiy vakolatlar berish.
    AKKRADITIV — (lot. accredo- ishonaman) – 1) bank yoki omonot banklarining biror shaxs yoki tashkilotga ma’lum miqdordagi mablag‘ni barish haqida boshqa bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog‘ozi, masalan, jamg‘armalar bankiga qo‘yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun barilgan hujjat; 2) Shaxsning nomiga yozilgan hujjat, tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgan shaxs kredit muassasasidan (bankdan, qisman jamg`arma bankidan) unda ko‘rsatilgan summani olish huquqiga ega bo‘ladi; 3) Bank hisoblari turlaridan biri, boshqa shaxslar naqd pulsiz hisob-kitoblari shakli sifatida korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamda tijorat operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda foydalaniladi. Kontr agentga xizmat qiluvchi bankdagi to‘lovchi topshirig‘i bo‘yicha ochiladi. Hisob- kitoblarning akkreditiv shakli tovar va xizmatlarning boshqa shaxslar uchun naqd pulsiz shakllaridan biri. Hisob-kitobning bunday shakli tartibga aniq rioya qilmaydigan to‘lovchilar uchun ham qo‘llaniladi. A. ikki turi farqlanadi: shartsiz, bu bo‘yicha bank A. ikki turini sotib oladi, shartsiz, bu bo‘yicha bank amal qilish muddati tugagan paytda egalaridan barcha obligatsiyalarni sotib oladi, keyin esa emitent hisobidan o‘z xarajatlarini qoplaydi. Bunday A. bo‘yicha bank obligatsiyalarni to‘lov to‘xtab qolgan holda sotib oladi. Foydasiga A. yozilgan shaxs benefitsiant yoki oluvchi deb ataladi. Nomidan bank A. yozgan va haq to‘lash amalga oshirilgan shaxs applikant yoki da’vo qiluvchi deb ataladi. A. chaqirib olinadigan bo‘lishi mumkin, ya’ni chaqirib olish imkoniyatiga yoki da’vogar tomonidan yo‘nalishga tegishli, chaqirib olinmaydigan, ya’ni agar bunga benefitsiantning roziligi bo‘lgan holatlarda chaqirib olinishga yoki yo‘nalishga tegishli bo‘lmagan. Bundan tashqari, tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagan A. ham bo‘lishi mumkin. Tasdiqlangan A.ga ko‘ra shunga mos ravishda boshqa bank (bank-emitentdan farq qiluvchi) rasmiylashtirilgan va taqdim etilgan tratt haqi bo‘yicha o‘ziga majburiyat qabul qiladi. Tasdiqlanmagan A. uchun esa faqat bank-emitent javobgar hisoblanadi; 4) A. bank hisobining bir turi (lat. accreditivus). Akkreditiv kelishuvchiga akkreditiv topshirig‘ida ko‘rsatilgan shartlarda tovar va xizmatlar uchun majburiyat bajarilishi zahoti to‘lov olish imkonini beradi; 5) Akkreditiv nomlangan qimmatli qog‘oz bo‘lib, unda nomi yozilgan shaxsga ko‘rsatilgan miqdordagi pulni bankdan yoki omonat kassadan olish huquqini beradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.