|
AJIO-KONTO - foyda va zararni aks ettiruvchi hisobraqam.
AJIO-KONTRO (ital.)
|
bet | 21/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AJIO-KONTO - foyda va zararni aks ettiruvchi hisobraqam.
AJIO-KONTRO (ital.) – qimmatbaho qog‘ozlar yoki ajiotaj davridagi tovarlar birja kursining keskin o‘zgarishi natijasida vujudga keluvchi, foyda yoki zarar aks etuvchi hisob.
AJIOTAJ (birja) (fr.) – 1) qimmatbaho qog‘ozlar kursi yoki tovarlar bahosi o‘zgarishidan foyda olish maqsadida hosil qilingan birja chayqov jonsarakligi; 2) ajio olish yoki to‘lashni mo‘ljallab kelgusida yetkazib berish sharti bilan xarid qilish yoki sotish natijasi; 3) birjadagi qimmatli qog‘ozlar yoki mahsulotlar narxlarini sun’iy ravishda oshirishdan iborat chayqovchilikka asoslangan operatsiyalar.
AJIOTAJ TALAB - bozordagi shov-shuv va vahima ta’siri ostida sun’iy paydo bo‘ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. A.t. odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va raklama vositasida muayyan tovarlarga o‘ta ortiqcha baho barish orqali ista’molchi psixologiyasiga ta’sir etish yo‘li bilan, ikkinchi tomondan tovarlarga bo‘lgan g‘oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qaxatchilik, har xil shov-shuvlar ta’sirida puldan tazroq qutulish va tovar zahirasini ko‘paytirishga intilish oqibatida yuzaga kaladi.
AJRIM – sud tomonidan odil sudlov faoliyatini amalga oshirish paytida O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan hujjat. Fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha nizolarni mazmunan hal etmasdan uning harakatini (ko‘rish uchun qabul etish, ko‘rmasdan qoldirish, ishni tugatish, ekspertiza tayinlash) belgilashga xizmat qiladi. Sud ajrimlar tartibi, ularning mazmuni, ijro etilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi protsessual va xo‘jalik protsessual kodekslarida belgilab qo‘yiladi.
AJUR (fr) - buxgalteriya hisobining holati, bunda barcha hisob yozuvlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiriladigan birjada bajariladi; keng ma’noda hisob-kitob ishlarining belgilangan muddatda bajarilishi.
AKKLAMATSIYA (lot.) - majlis ishtirokchilari reaksiyasi asosida ovozlarni hisobga olmasdan majlis tomonidan qandaydir taklifni qabul qilish yoki rad etish.
|
| |