• AHOLINING BOSHLANG‘ICH, O‘RTA VA OLIY TA’LIM BILAN UMUMIY QAMRAB OLINISHI
  • AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet18/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AHOLINI RO‘YXATGA OLISH — hukumat tomonidan mamlakat aholisi ro‘yxatga olinishi. Masalan, Buyuk Britaniyada ana shu tamoyil asosida har o‘n yilda bir marta demografik ma’lumotlarni olish maqsadida takrorlanib turadi. Ba’zan esa distributsiya, ishlab chiqarish, mol-mulk va marketingga oid ma’lumotlarni olish uchun aholini ro‘yxatga olishning boshqa turlari ham o‘tkaziladi. Juda keng ma’noda, aholi aslida bozor sanaladi.
    AHOLINING BOSHLANG‘ICH, O‘RTA VA OLIY TA’LIM BILAN UMUMIY QAMRAB OLINISHI — bu ko‘rsatkich yoshidan qat’iy nazar, boshlang‘ich, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari sonining tegishli ta’lim bosqichi uchun ko‘zda tutilgan rasmiy yoshda bo‘lgan aholining foizlardagi ulushidir.
    AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI - fuqarolarning amal qiluvchi qonunga zid bo‘lmagan faoliyati bo‘lib, bu ularning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va qoida bo‘yicha ularga ish haqi berish yoki mehnat daromadi keltirish bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda aholining ish bilan bandligi aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunlar asosi, mehnat haqidagi qonun va shularga muvofiq chiqariladigan qonunlar akti hamda kollektiv kelishuvlar (shartnomalar) bilan tartibga solinadi. Fuqarolarga unumli va ijodiy mehnatda o‘z qobiliyatlaridan o‘zlari foydalanmoq va qonunga zid bo‘lmagan har qanday, shu jumladan, bajarilgan ishga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan (bolalarni tarbiyalash, uy xo‘jaligini yuritish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish, ijtimoiy faoliyat) faoliyatini amalga oshirishga katta huquq berilgan. Davlat fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan huquqini realizatsiya qilish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan to‘liq, samarali va erkin tanlab olingan bandligiga yordam qilish uchun siyosat olib borishni ta’minlaydi. Band bo‘lgan aholiga quyidagilar kiradi: to‘la yoki to‘la bo‘lmagan ish kuni davomida (haftada) mukofotlash uchun yollanib ishlovchilar hamda haq to‘lanadigan, ammo vaqtinchalik kasalligi, ta’tilda bo‘lganligi, ish tashlash tufayli vaqtincha ishga qatnasha olmayotganlar, o‘zini mustaqil ish bilan ta’minlovchilar, tadbirkorlar, individual ish faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar, ishlab chiqarish kooperativ a’zolari, fermerlar va ishlab chiqarishda qatnashuvchi ularning oila a’zolarini ham qo‘shib haq to‘lanadigan lavozimga saylangan, tayinlangan yoki tasdiqlangan xodimlar, harbiy xizmatchilar va ayrim boshqa toifadagi fuqarolar. Mamlakat fuqarolariga ish bilan bandlikni, ya’ni erkin ish joyi tanlashni ta’minlash kafolatlanadi. Ularning ish bilan ta’minlanishi davlat xizmatiga murojaat qilganlarida ular bepul professional konsultatsiya olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan bandlik turini, kasb, ish joyi va mehnat rejimini tanlash maqsadida tegishli axborot oladilar. Davlat to‘la ish bilan ta’minlanishga qaratilgan moliya-kredit, investitsiya va soliq siyosati tadbirlarini ko‘rib chiqadi. Shu maqsadda davlat, ijtimoiy, respublika, regional, viloyatlararo ish bilan ta’minlanishning dasturi ishlab chiqiladi. Ish joyi rivojlanishi davlat tomonidan ko‘proq taqdirlanayotgan hududlar asosida aniqlanadi. Aholini ish bilan band qilish siyosatini realizatsiya qilish mamlakatning barcha hududlarida fuqarolarga tegishli kafolatni ta’minlash maqsadida ish bilan ta’minlash davlat xizmati tashkil etiladi. Ish bilan bandlik siyosatini na davlat xizmatining samarali faoliyatini realizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalash uchun mulk va xo‘jalik yuritish shaklidan, davlat va mahalliy budjetdan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va kooperativlar hisobidan majburiy ajratmalar, mamlakat va chet el korxonalari, ijtimoiy tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa tushumlardan hosil qilinadigan ish bilan ta’minlanishga yordam beruvchi davlat fondi tuziladi. Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan mamlakatdagi ish bilan ta’minlanish muammosi o‘tkir xususiyat tusini oladi. Shundan ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashni ham qo‘shib, ishni yo‘qotgan paytda ijtimoiy kafolatning zarurligi kelib chiqadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.