• AHOLINING IQTISODIY FAOLLIGI
  • AHOLI IXTIYORIDAGI PUL DAROMADLARI
  • AHOLI JON BOSHIGA ELEKTR ENERGIYASINI ISTE’MOL QILISH
  • AHOLI JON BOSHIGA SOG‘LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet16/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AHOLI DAROMADLARINING SHAKLLARI - ko‘rinishiga ko‘ra mahsulot va pul shaklida bo‘ladi. Manbalariga ko‘ra ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlari, kapitaldan foiz, dividend, renta shaklidagi olinadigan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish va hunarmandchilikdan olinadigan daromadlardan iborat bo‘ladi.
    AHOLINING IQTISODIY FAOLLIGI — bu 15-64 yoshlar orasidagi mehnatga layoqatli bo‘lgan hamda mehnat bozorida va faol ish izlashda bo‘lgan shaxslarning aholi ulushidagi foizidir.
    AHOLINING IQTISODIY FAOLLIK KO‘RSATKICHI — bu mamlakat aholisining yollanma mehnat bozorida ish bilan band bo‘lganlar yoki ish qidiruvchilar sifatida o‘zini faol ko‘rsatayotgan mehnatga layoqatli qismining miqdoridir. Yollanma asosda ishlayotgan shaxslar soni sifatida butun mehnatga layoqatli aholi sonining foizidan hisoblab chiqariladi. Mehnatga layoqatli aholi qatoriga yoshi 15 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi kiradi.
    AHOLI IXTIYORIDAGI PUL DAROMADLARI — xonadon xo‘jaligida pul daromadlaridan majburiy to‘lovlar va badallar ayirib tashlangandan keyin qolgan qismi.
    AHOLI, JAMI — Ma’lum yilning masalan, 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakat, viloyat yoki mintaqa aholisining amaldagi soni.
    AHOLI JON BOSHIGA ELEKTR ENERGIYASINI ISTE’MOL QILISH — bu stansiyalarning yordamchi xizmatlari iste’mol qilgan energiya va stansiyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan transformatorlaridagi har qanday yo‘qotishlarni o‘z ichiga olgan yalpi aholi jon boshiga iste’mol qilish orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmidir. Shuningdek, nasos uskunalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining umumiy hajmini (undan nasoslarning ishlashi uchun sarflangan elektr energiyasini chiqarib tashlamagan holda) ham o‘z ichiga oladi.
    AHOLI JON BOSHIGA SOG‘LIQNI SAQLASH XARAJATLARI — aholining umumiy soniga bo‘lingan davlat va xususiy xarajatlarining umumiy miqdori (HQT AQSh dollarida). Tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash xarajatlari sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy xizmat (profilaktika va davolash xizmatlari) ko‘rsatilishini ta’minlash, oilani rejalashtirish sohasidagi faoliyat, ovqatlanishni va favqulodda yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlardan iborat bo‘lib, suv ta’minoti va sanitariya xizmatlari bundan mustasno.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.