|
AHOLI DAROMADLARINI INDEKSATSIYALASH
|
bet | 15/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)AHOLI DAROMADLARINI INDEKSATSIYALASH — narxning oshirilishi, pensiyalar, stipendiyalar, aholining boshqa, qayd qilingan daromadlarini, shu jumladan, okladlar va ta’rif stavkalari, chakana narxlar indeksini (ular o‘zgarishining nisbiy ko‘rsatkichi) qayta hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan aholining yo‘qotilgan pul daromadlarini qoplash shakllaridan biri. Narx indeksi minimal iste’mol budjeti yoki tirikchilik minimumi aniqlanadigan tovarlar va xizmatlar yig‘imi bo‘yicha o‘rnatiladi. A.d.i. har xil mamlakatlarda qo‘llaniladi va bir xil ma’noda baholanadi. Masalan, Fransiya va Germaniyada iqtisodiyot uchun ijobiy tomondan salbiy oqibatlari ko‘proq deb A.d.i. dan voz kechdilar. Ammo chakana narxning ko‘proq o‘sib borishi sharoitida ma’lum bir davr davomida A.d.i. muqarrar va o‘zini oqlagan bo‘lib tuyuladi. A.d.i. tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Yagona metodika asosida baho indeksi har yili hisoblanadi, ya’ni bu yil o‘tgan yilga nisbatan chakana baho o‘rtacha o‘zgarishi ko‘rsatkichi (mas., agarda baho indeksi 1,12 teng bo‘lsa, bu narxning o‘rtacha 12 foizga oshganligini bildiradi). Davlat baho indeksiga qayd qilingan qayta hisoblangan daromadga ma’lum koeffisent o‘rnatadi, odatda 0,3— 0,7 atrofida, ya’ni to‘liq kompensatsiya ko‘zda tutilmaydi, chunki bu o‘zining natijasi bilan boshqarib bo‘lmaydigan inflyatsiyaning o‘sishi bo‘lishi mumkin. Qayd qilingan daromadlar baho indeksiga va o‘rnatilgan kompensatsiya koeffisentiga qayta hisoblanadi (ko‘paytiriladi). Agarda, masalan, bir oyga minimal ish haqi 400 so‘mni tashkil etsa, bu yilgi chakana narxlar 12 foizga oshgan bo‘lsa, kompensatsiya koeffisenti 0,5 hajmida o‘rnatilgan bo‘lsa, indeksatsiyalash natijasida quyidagilarga ega bo‘lamiz: 12x0,5=6 foiz; 400 so‘m x 1,06=424,0 so‘m. Indeksatsiyalash natijasida kelgusi yilda minimal ish haqi va pensiyaning minimal hajmi 424,0 so‘m hajmida belgilanadi, shunday tarzda (6 foiz hisobida) vazifa okladlari, tarif stavkalari va boshqalar ham oshiriladi, garchi bu o‘sish barcha xodimlar va pensionerlarga taalluqli bo‘lmasa ham, turmush qiymati o‘sishini kompensatsiyalash noishlab chiqarish sohasi xodimlari uchun iste’mol bahosi indeksiga muvofiq (sog‘liqni saqlash muassasalari, xalq ta’limi va boshqalar) budjet mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tijorat korxonalarida ularning o‘z xususiy manbai hisobidan, faqatgina ayrim rentabelli va zarar ko‘rayotgan korxonalar davlat budjetidan ajratilgan dotatsiyaga da’vogar bo‘lishlari mumkin. Nafaqat ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarni indeksatsiyalash lozim bo‘ladi, ayni paytda, bu omonat kassadagi pul mablag‘lari, davlatning xazinadorlik majburiyatlari, obligatsiyalar, sug‘urta hujjatlariga ham aloqadordir.
|
| |