• AHOLINING PUL DAROMADLARI
  • AHOLINING PUL DAROMADLARI VA XARAJATLARI BALANSI
  • AHOLINING RAAL DAROMADLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet19/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AHOLINING NATURAL DAROMADLARI – qishloq xo‘jalik mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parandachilik mahsulotlari, bog‘dorchilik, sabzavot, poliz ekinlari, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlar.
    AHOLINING PUL DAROMADLARI – 1) bu aholining barcha pul mablag‘lari tushumi: stipendiya, nafaqa; mulkdan foiz, dividend, renta, aksiya, qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, chorva mollari, tomorqa mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan, turli xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan pul tushumlaridir; 2) xonadon xo‘jaligi xarajatlarini qoplash va jamg‘armalar yaratish uchun ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘lari yig‘indisidan iborat.
    AHOLINING PUL DAROMADLARI VA XARAJATLARI BALANSI — aholi pul daromadlarining hosil bo‘lish jarayoni va ulardan foydalanishni ifodalash shakli. A.p.d. va x.b. nafaqat pul daromadlarini, ayni paytda, ish haqi fondiga kiruvchi, natural tarzda berish va imtiyozlarni, ish haqi hisobiga xodimlarga beriladigan mahsulotni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni aks ettiruvchi pul tushumlarini, oldindan sotib olingan moddiy boyliklarni, realizatsiya qilishdan tushgan daromadni ham o‘z ichiga oladi. A.p.d. va x.b. xalq xo‘jaligi balansi tuzimining elementi sifatida aholi pul daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, aholining asosiy real daromadlari yig`indisini ko‘rsatib beradi.
    AHOLINING RAAL DAROMADLARI – 1) narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvati; 2) A.r.d. iste’mol yoki jamg‘arish uchun foydalanadigan milliy daromadning bir qismi nominal daromadlardan farq qilib A.r.d. chakana narxning o‘zgarishi va soliqlarni to‘lashga ketgan xarajatlar hamda boshqa majburiyatlarini to‘lashlarni hisobga olgan holda sotib olingan moddiy boyliklar va xizmatlarning miqdorini xarakterlaydi; 3) A.r.d.milliy daromadning aholi moddiy va ma’naviy ne’matlarni iste’mol qilishi va jamg‘arishi uchun sarflanadigan qismi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.