• AKTSEPT (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet27/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AKTIVLARNI LIKVIDLIGI - balans likvidligini aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarni pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi.
    AKTSENT – 1. Yetkazilib berilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat uchun xo‘jalik sub’ektlarining o‘zaro hisob – kitob qilish shakllaridan biri. Unga ko‘ra mahsulot (ish, xizmat) haqini to‘lash uchun to‘lovga roziligi olinishi talab etiladi. Oldindan va keyinchalik aktseptlash turlari mavjud.
    Oldindan aktseptlash paytida bank oldindan to‘lovchining roziligini olgandan keyingina uning hisobidagi mablag‘dan to‘lovni amalga oshiradi. Keyinchalik aktseptlash esa yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) uchun to‘lovchining oldindan roziligisiz amalga oshiriladi. Bunda xaridor muayyan muddat davomida amalga oshirilgan to‘lovdan noroziligini, bu to‘lov tuzilgan shartnomaga muvofiq emasligini ma’lum qilishi mumkin. Ushbu holda to‘lovchiga xizmat ko‘rsatayotgan bank to‘langan summani qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.
    2. To‘lovchi (trassat) tomonidan ko‘chiriladigan veksel (tratta) uchun unda ko‘rsatilgan muddatda pul to‘lash majburyatini o‘z zimmasiga olishi:
    3. Taklif etuvchi (offerent) shartlariga ko‘ra shartnoma (bitim) tuzishga rozilik bildirilishi.
    AKTSEPT (lot.) – to‘lovchi tomonidan o‘z muddatida veksel, hisob, boshqa hisob- kitoblarni va tovar hujjatlarini to‘lash majburiyatini qabul qilishi. Akseptant tomonidan to‘lov talabnomasida “aktsept” qilingan va uning “imzosi” yozuvi to‘ldiriladi. Hisob-kitoblarning aktsept shaklida ishni bajaruvchi yoki yetkazib boruvchi sotib oluvchiga (buyurtmachiga) to‘lov talabnomasi tuziladi. Ushbu pullarni olganga qadar bajaruvchi (yetkazib beruvchi)ni kreditlaydi. Undirilgan summani bank yetkazib boruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida to‘lovchidan oladi. Aktsept hujjatlari ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Asosan, salbiy A. qo‘llaniladi, bunda agarda kelishilgan muddat davomida sotib oluvchi to‘lovdan voz kechmagan bo‘lsa, to‘lov talabi aktsept qilingan deyiladi. Ijobiy aktsept sotib oluvchining har bir to‘lov talabi haqini to‘lashga yozma roziligini ko‘zda tutadi. Aksept dastlabki yoki so‘ngi ham bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda aktseptdan voz kechish to‘lov muddati kelganga qadar bankka taqdim etiladi. So‘nggi aktseptda esa undan voz kechish tovar hujjatlari haqqini to‘lagandan keyin o‘z muddatida bankka taqdim etiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.