• AKTSIDENTNIY (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet30/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    AKTSESSION SHARTNOMA (lot.) – 1. Uning ta‘sirida bitta o‘zi boshqa yangi mulkdorga o‘ta olmaydigan huquqiy ashyo; 2. Mulkning ko‘payishi (ayniqsa ko‘chmas mulk): 3. Shartnoma yoki bitimga qo‘shilish.
    AKTSESSOR SHARTNOMA (lot.) - faqat boshqa shartnoma munosabati bilan mavjud bo‘ladigan qo‘shimcha shartnoma.
    AKTSESSIYA (lot.) — 1. Uning ta’sirida bitta o‘zi boshqa yangi mulkdorga o‘ta olmaydigan huquqiy ashyo; 2. Mulkning ko‘payishi (ayniqsa ko‘chmas mulk): 3. Shartnoma yoki bitimga qo‘shilish.
    AKTSIDENTNIY (lot.) – tasodifiy, yordamchi, nomuhim, shartnomalar va bitimlarda tasodifiy, nomuhim shart-sharoitlar aktsidentlar deb ataladi.
    AKSIONER (ingl. Aksioner) – 1) bir yoki o‘ndan ko‘proq aksiyalarga ega bo‘lgan Aksioner jamiyat a`zosi, bu unga jamiyat yillik foydasining bir qismini dividend tarzida olish huquqini beradi hamda u Aksioner jamiyat tugatilganda mulkning bir qismini olish huquqiga ega bo‘ladi. A. yillik va favqulloddagi majlislarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan korxona egasi. A. kompaniya faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi, direktorlar saylovlarida qatnashadi. Favqulodda masalalar bo‘yicha qarorlarni tasdiqlaydi (masalan, boshqa korporatsiyalar bilan birlashish, firmani sotish yoki tugatish, nizomlarga o‘zgartirishlar kiritish va to‘ldirish). A. undagi mavjud aksiyalar qiymati chegarasida aksioner korxonasi majburiyatlari bo‘yicha javob beradi; 2) A. aksionerlik jamiyatining muayyan aksiya ulushiga egalik qiluvchi va jamiyat me’yorida faoliyat ko‘rsatayotganda shu ulushga mutanosib dividend olib turuvchi a’zosi; 3) Aksiyador aksiya egasi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qonunga binoan aksiyador quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
    tegishli aksiyadorlar jamiyatining aksiyador ro‘yxati (reestri) ga kiritilishi;
    jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
    jamiyat tugatilishi taqdirida o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olishi;
    jamiyatni idora qilishda qatnashish huquqi;
    jamiyat moliyaviy – xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida, uning natijalari haqida to‘liq va to‘g‘ri ma’lumot olish;
    olgan dividendlarini erkin tasarruf etishi;
    vakolatli idoralarda, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilishi, investitsiya institutlari emitentning uquvsizligi yoki g‘arazli maqsaddagi xatti-harakatlari tufayli ko‘rgan zararining to‘la qoplanishini talab qilishi;
    o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun turli uyushmalar va jamiyatlar tuzishi;
    qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish oqibatida ko‘rish ehtimoli bo‘lgan zarar summasini sug‘urta qilish va huquqlardan foydalanishi mumkin.
    Oddiy aksiya egalarining huquqlari imtiyozli aksiya egalarinikidan birmuncha farq qiladi; 4)qonuniy asoslarda aksiyadorlik jamiyatida va shirkatlarda aksiyalarga egalik qiluvchi, aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslar. Aksiyadorlar o‘z egaligidagi aksiyalarning soni va qiymatidan qat‘iy nazar teng huquqlarga egadirlar, ularning bu huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan kafolatlangan. Aksiyadorlar va ular egaligidagi aksiyalar tegishli aksiyadorlik jamiyati (shirkatlari)ning maxsus reestrlarida qayd etiladilar, har bir aksiyador o‘zidagi aksiyalar soniga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
    Aksiyador, aksiyadorlik jamiyatining majlislarida ishtirok etish, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli haqida ishonchli va aniq ma’lumot olish, belgilangan miqdorlarda va muddatlarda aksiyalar uchun dividend foizlarini olish va boshqa huquqlarga egadir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.