ADAM SMITNING MUTLAQ USTUNLIK NAZARIYASI




Download 0,64 Mb.
bet6/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

ADAM SMITNING MUTLAQ USTUNLIK NAZARIYASI — xalqaro savdo nazariyasidagi muhim postulat; konsepsiya. Ma’lumki, XVI- XIX asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar, Gollandiya va Angliyadagi sanoat va burjuaziya inqiloblari sanoat inqilobi va yaxlit milliy davlatlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda tashqi savdo operatsiyalari xajmi va nomenklaturasining sezilarli kengayishi jarayoni xalqaro savdoni nazariy asoslab berish muammosini kun tartibiga qo‘ygan edi. “Ilk industrial davr”dagi yetakchi mamlakatlarning zamirida pul kapitalini maksimal miqdorda jamg‘arish va minimal miqdorda import qilishga intilishayotgan “merkantalistik siyosati” XVIII asrning oxiriga keliboq, yangi bozorlarning ochilishi va xususiy savdo kompaniyalarining shiddatli rivojlanishi bilan bog‘liq amaliyot tomonidan qarama-qarshilikka duch kelgan edi. Klassik iqtisodchi olimlardan biri, shotlandiyalik professor Adam Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqotlar” deb nomlangan mashhur kitobida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo nazariy modelini yaratishga katta e’tibor berishi sababi ham ana shunda. Mamlakatlar geografik joylashuvi xilma- xilligi natijasida u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‘lmasligi tufayli yuzaga keladigan “xalqaro mehnat taqsimoti” bu modelning asosini tashkil etadi. Adam Smit ilgari surgan tamoyilda “sog‘lom fikr”ga tayanuvchi xo‘jalik sub’ektining maqsadga muvofiq muomala prinsiplari tashqi savdo sohasiga ko‘chiriladi: tadbirkor o‘z mamlakatidagiga nisbatan xorijdan past narxda tovar sotib olar ekan, o‘z mamlakatida ma’lum ustunliklar natijasida ishlab chiqarilishi arzonga tushadigan tovar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Yuzaga kelgan ana shunday vaziyatda davlatning xalqaro savdodagi roli eng kam darajaga kamaytiriladi. Tovarlar oqimini esa bozordagi ko‘rinmas qo‘l”, binobarin, “raqobat” belgilaydi. Shu taxlit, mehnat taqsimoti va mamlakatlar o‘zlari mutloq ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi keyinchalik, chunonchi, ichki ehtiyojlar qanoatlantirilganidan so‘ng bu tovarlarni boshqa mamlakatlarda kam sarf-harajatlarga ega bo‘lgan tovarlarga ayirboshlash o‘zaro savdo qiluvchi mamlakatlarga resurslarni tejash hisobiga xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Shunday ekan, mamlakatlarning kamroq xarajatlar bilan biron-bir mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi ana shu mamlakat uchun qo‘shimcha foyda keltiradi. Adam Smit ilgari surgan konsepsiya mazmuni asosan ana shundan iborat bo‘lib, u zamon va makonda o‘zini tarixan oqladi.

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADAM SMITNING MUTLAQ USTUNLIK NAZARIYASI

Download 0,64 Mb.