|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 4/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ABSENTEIZM (lot.) – 1) o‘zining fuqarolik huquqlaridan foydalanishdan bosh tortish hamda kollegial organlar a`zolari majlislarida muntazam qatnashmaslik; 2) mulkdorning yo‘qligi, yerga ishlov berishda ishtirok etmayotgan hamda yerdan renta shaklida daromad olayotgan mulkdordan yerni ajratib qo‘yishni ko‘zda tutuvchi yerdan foydalanish shakli; 3) xodimning ishda bo‘lmasligi, ishga uzrli sababsiz chiqmaslik.
ABSOLYUT QO‘SHIMCHA QIYMAT – xususiy mulkchilik mavjud mamlakatlarda, ayniqsa, kapitalizmda qo‘shimcha qiymat normasini ko‘paytish usullaridan biri hisoblanadi. Absolyut qo‘shimcha qiymat ish kunini uzaytirish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ishchining ish kuni zarur va qo‘shimcha ish vaqtiga bo‘linadi. Zaruriy ish vaqtida ishchi o‘z ish kuchining qiymatiga teng qiymat hosil qiladi. Qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha qiymat yaratadi, bu korxona egalari tomonidan o‘zlashtiriladi. Gap shundaki, qo‘shimcha ish vaqti zaruriy ish vaqtiga nisbatan har doim ko‘p bo‘ladi va mamlakat rivojlanishi bilan bu farq oshib boradi.
ABSOLYUT RENTASI (lot.) – 1) yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar yer mulk bo‘lgani uchun uning egalari oladigan renta; 2) qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta; 3) yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi bilan taqozo etiladi. Natijada bu renta ishlanadigan hamma uchastkalarda vujudga keladi va ishlab chiqarish bahosidan ortiqcha qiymatni tashkil etadi. Demak, qishloq xo‘jalik tovarlari qiymatidagi qo‘shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o‘rtacha foydadan oshiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o‘rtasidagi bu tafovut absolyut yer rentasini vujudga keltiradi. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabning oshib borishiga ko‘p tomondan bog‘liq bo‘ladi; 4) Absolyut yer rentasi qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulk monopoliyasi tufayli bu sohaga kapital erkin oqib o‘tishi qiyinligi natijasida uning uzviy tuzilishi pastligi bois iqtisodiyotning barcha sohalaridagi o‘rtacha foydaga nisbatan ko‘proq yaratiladigan va yer egalari to‘la o‘zlashtiradigan ustama foyda.
|
| |