|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 5/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ABSOLYUT USTUNLIK – o‘z mamlakati uchun tovarni boshqa savdo sherikdoshlariga qaraganda kam xarajat bilan ishlab chiqarish imkoniyati.
ABSOLYUTSIYA (lot.) – sudlanuvchini jazolash, ma`suliyat, qarzlar va h.k.dan ozod etuvchi sud qarori.
ABSORBATSIYA – muayyan mamlakatda yalpi ichki mahsulotning mamlakat ichidagi uy xo‘jaliklari, firmalar va davlatga realizatsiya qilinishi.
ABSORBSION NARX TAYINLASH (ingl. Abcorption pricing) — ma’lum bir mahsulot marketingida ana shu mahsulot real narxini aniqlashtirib olish uchun butun sarf- xarajatlarni kalkulyatsiya qilish. Ushbu metod mahsulot yoki xizmat marketingi to‘liq qiymatini inobatga oladi, ayni mahalda aynan shu tovar narxi jami sarf-xarajatlarni ham qoplaydi.
ABSORBSIYA—boshqa mamlakatdan kelgan muhojirlarning muayyan mamlakatda doimiy turishiga ruxsat berish va ularni mazkur mamlakatning iqtisodiy turmushiga jalb etish.
ABSTRAKT MEHNAT — 1) tovar qiymatini yaratadi (“abstract” so‘zi o‘zbek tilida mavhum degan ma’noni bildiradi). Mehnat aniq shaklidan qat’iy nazar umuman sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning qismidir. Shuning uchun gohida “abstract mehnat” deganda insoning nima ishlab chiqarishidan qat’iy nazar aqliy va jismoniy quvvatini sarf qilishi tushuniladi; 2) har bir tovar ishlab chiqaruvchining uning aniq shakllaridan qat’iy nazar, butun ijtimoiy mehnatning bir zarrasi, umuman, odam ish kuchining sarflanishidir. Mehnatning bu turi abstrakt mehnat deb ataladi va tovar qiymatini yaratadi.
“ABC” HISOB TIZIMI (“ACTIVITY- BASED COSTING”) – mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxini javobgarlik markazlari bo‘yicha doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lib hisobga olish, ammo asosiy e’tiborni faoliyat turlari va funksional xizmatlarga qaratishga mo‘ljallangan hisob tizimi.
AD INTERIM — xalqaro huquqda hozir ham qandaydir hujjatni imzolayotgan mansabdor shaxs nomlanishi oldidan “a.i.” yoki “p.i.” shaklida yozib qo‘yiladigan “vazifasini vaqtincha bajaruvchi” ma’nosini anglatuvchi qadimiy lotincha termin.
AD XOK (lot.) – ma’lum funksiyalarni bajarish uchun (odatda vaqtinchalik) tuzilgan organlarga nisbatan xalqaro huquqda iste’mol qilinadigan lotincha termin. A.x. termini BMT Xalqaro Sudidagi o‘zgaruvchan a’zolariga nisbatan ham qo‘laniladi.
|
| |