-§ Surxondaryo viloyatining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholi salomatligini saqlashdagi ahamiyati




Download 3 Mb.
bet8/30
Sana19.08.2023
Hajmi3 Mb.
#79022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
PARDAYEVA SARVINOZ oxirgisiiiii
5-10-sinflar Yosh matematiklar, 6-sinf matematika to\'garak, 2.03-Inform-oqitish-metodikasi-uzb222222222222222, Результат - 170035878, 422023, Doc1, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, 2.Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning (1), mmmmmm, ERGASHOV UMIDJON, 745792, 1-amaliy, Questions and answers on criminal law Uzb, 1
1.2-§ Surxondaryo viloyatining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholi salomatligini saqlashdagi ahamiyati

XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq tibbiyot meteorologiyasi sohasida rus iqlimshunoslari A.I.Voyeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi olimlar tadqiqot olib borgan. Ayniqsa, bu borada tibbiyot geografiyasida iqlim bilan bog’liq masalalarni o’rganishda rus olimi L.S.Berg tomonidan ishlab chiqilgan iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyat kasb etadi. Olim tibbiy geografik jihatdan Respublikamiz iqlimini 12 ta tabaqaga ajratgan. U iqlim va ob-havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini o’rganishga ham e’tibor bergan. Ma’lumki, iqlim tushunchasi o’z tarkibiga havo harorati, namlik, atmosfera bosimi, shamollar, ob-havoning doimiy holati kabilarni kiritadi. Ko’pchilik olimlar tibbiyot hususida iqlim va ob-havoni bir xil tushuncha sifatida qaraydilar. Aslida iqlim kengroq mazmunga ega bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlariga inson jismi vaqt o’tishi bilan moslasha boradi. Joylarning ob-havosi esa mazkur iqlim sharoitining ayni vaqtdagi holatidir. Muhimi shundaki, ob-havoning iqlimga nisbatan inson jismiga ta’siri sezilarli, ya’ni ob-havoning tez-tez o’zgarib turishi bilan inson jismida ma’lum ma’noda o’zgarishlar sodir bo’ladi, ayniqsa buni insonlarning ba’zi a’zolari tezroq sezadi. Shuningdek, ob-havodagi ayrim jiddiy o’zgarishlarni ba’zi kasalliklar (radikulit, revmatizm, qon bosimi hastaliklari) ga chalingan kishilar ancha oldinroq payqaydilar. Sodir bo’lib turadigan magnit bo’ronlari ta’sirida ham inson va boshqa barcha tirik organizmlar tanasida o’ziga xos o’zgarishlar kuzatiladi. Qon bosimining ortishi, asab tizimidagi o’zgarishlar, moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog’liq holatlar shular jumlasidandir. [45].


Surxondaryo viloyatining relyefi va uning hozirgi holati yaqin geologik o’tmishda shakllangan. U barcha morfologik tip (tekislik, daryo va soy vodiylari, adirlik tog’ yonbag’ri, tog’lik va baland tog’lar) dan tashkil topgan.
Surxondaryo viloyati hududi yer yuzasining tuzilishiga ko’ra ikki qism: tekisliklar va tog’oldi-tog’lardan iborat bo’lib, shimoldanjanubga qiyalanib va kengayib boradi, tog’lardan oqib tushadiganko’pdan-ko’p daryo va soylar dara hosil qilgan.
Viloyatning Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o’tadigan tekislik qismi shimol, g’arb va sharqdan baland Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysuntog’, Ko’hitangtog’), hamda Bobotog’ bilan o’ralgan. Bu qism Surxon botig’i yoki Surxon-Sherobod botig’i deb ham nomlanadi, u sinklinal botiqda joylashgan hamda neogen va antropogen davrning qalin allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to’lgan. Bu botiqda hozir ham neotektonik jarayonlar davom etishi kuzatilmoqda, botiq atrofidagi tog’lar ko’tarilib, botiq cho’kib bormoqda. Botiq shimoli-sharqdan janubi-g’arbga cho’zilgan va janubda Amudaryo vodiysiga tutashgan. Botiq keng, yuzasi to’lqinsimon, ayrim yerlarda zinapoyali. Botiq markazga va janubi-g’arbiga tomon pasayib boradigan tekislikdir. Uning deyarli o’rtasida Surxondaryo vodiysi joylashgan. Uning kengligi 3-5 km, 1 va 2 qayir usti terrasalari yaxshi rivojlangan va ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Surxondaryoning qayir usti uchinchi va to’rtinchi terrasalari uncha katta maydonlarni egallamaydi va ularning nisbiy balandligi 4-10 va 10-20 metrni tashkil etadi. Vodiyning mutlaq balandligi tog’dan chiqish yerida 700 metrni, Amudaryo vodiysiga tutashgan yerida 300 metrni tashkil etadi. Botiqning g’arbida Surxondaryoning irmoqlari konussimon yirik yoyilmalar hosil qilgan. Sheroboddaryosi yoyilmasini daryo irmoqlari kesib o’tib, 20 metr chuqurlikkacha o’yib yuborgan. Janubda Surxondaryo vodiysi Amudaryo vodiysini kesib o’tib balandligi 22 metrgacha bo’lgan ostona (jarlik) hosil qilgan.
Viloyatning Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o’tadigan tekislik qismi shimol, g’arb va sharqdan baland Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysuntog’, Ko’hitangtog’), hamda Bobotog’ bilan o’ralgan. Bu qism Surxon botig’i yoki Surxon-Sherobod botig’i deb ham nomlanadi, u sinklinal botiqda joylashgan hamda neogen va antropogen davrning qalin allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to’lgan. Bu botiqda hozir ham neotektonik jarayonlar davom etishi kuzatilmoqda, botiq atrofidagi tog’lar ko’tarilib, botiq cho’kib bormoqda. Botiq shimoli-sharqdan janubi-g’arbga cho’zilgan va janubda Amudaryo vodiysiga tutashgan. Botiq keng, yuzasi to’lqinsimon, ayrim yerlarda zinapoyali. Botiq markazga va janubi-g’arbiga tomon pasayib boradigan tekislikdir. Uning deyarli o’rtasida Surxondaryo vodiysi joylashgan. Uning kengligi 3-5 km, 1 va 2 qayir usti terrasalari yaxshi rivojlangan va ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Surxondaryoning qayir usti uchinchi va to’rtinchi terrasalari uncha katta maydonlarni egallamaydi va ularning nisbiy balandligi 4-10 va 10-20 metrni tashkil etadi. Vodiyning mutlaq balandligi tog’dan chiqish yerida 700 metrni, Amudaryo vodiysiga tutashgan yerida 300 metrni tashkil etadi. Botiqning g’arbida Surxondaryoning irmoqlari konussimon yirik yoyilmalar hosil qilgan. Sheroboddaryosi yoyilmasini daryo irmoqlari kesib o’tib, 20 metr chuqurlikkacha o’yib yuborgan. Janubda Surxondaryo vodiysi Amudaryo vodiysini kesib o’tib balandligi 22 metrgacha bo’lgan ostona (jarlik) hosil qilgan.
Amudaryo, Surxondaryo va Sheroboddaryosining qayir va eski qayirlari antropogen davrining qum va shag’allaridan tashkil topgan bo’lib, ularning ustini ancha qalin qumoq, lyossimon jinslar qoplab olgan.
Viloyat tekislik qismining dengiz sathidan balandligi har xil: janubiy qismida Amudaryo vodiysi yaqinida 300 metr atrofida, Surxon- Sherobod vodiysining o’rta qismida 400-450 metr, vodiyning shimoliy va shimoli-g’arbiy qismida 700 metrgacha yetadi, ya’ni yer yuzasi janubdan-shimolga borgan sari balandlashib boradi.
Tog’lardan oqib tushadigan ko’pdan-ko’p daryolar, soylar tekislikni parchalab, o’nqir-cho’nqir jarlar hosil qilgan.
Yer yuzidagi quruqliklarning o’rtacha balandligi dengiz sathidan 750 metr yuqorida bo’lib, baland tog’li mintaqalarda dunyo aholisining anchagina qismi yashab keladi. Undan ham balandroqda, ya’ni 3000 metrdan yuqorida yer shari aholisining 30 milliondan ortiqrog’i yashaydi. Shuning uchun bunday landshaftlarda yashovchilarning mavjud sharoitga moslashganlik darajasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tog’li o’lkalarda yashaydigan aholi orasida “tog” kasalligidan tashqari, quyosh urishi, oftolmiya, endemic bo’qoq kabi hastaliklar ko’p uchraydi. Ayniqsa, Shvetsariya, Karpat orti o’lkalari, Kavkaz va O’rta Osiyoning tog’li hududlarida (masalan: Farg’ona vodiysining ayrim tog’oldi hududlarida) bu holatni kuzatish mumkin.
Bizga ma’lumki, jahon bo’yicha uzoq umr ko’ruvchilarning asosiy qismi tog’ va tog’ oldi mintaqalariga to’g’ri keladi.Ushbu hududlar iqlimining inson salomatligiga ko’rsatuvchi ijobiy ta’siri barchaga ma’lum. Biroq, so’ngi yillarda tog’, ayniqsa, tog’ vodiy hududlarida tog’-kon sanoati tarmoqlarining rivojlanib borishi mazkur hududlarda ekologik muhitning ifloslanishiga va shu atrofda yashovchilar salomatligiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Viloyatning tekislikka nisbatan 3-4 marta katta qismini tog’ va baland tog’ zonasi egallagan. Tog’lar Hisor-Zarafshon sistemasiga kiradi, Hisor-Zarafshon sistemasiga kiruvchi tog’lar orasida eng balandi Hisor tizmasi hisoblanadi. Uning eng baland nuqtasi Hisor tog’ining Qoldirg’a tizmasidagi Hazrati Sulton cho’qqisidir, mutloq balandligi 4643 metrni tashkil qiladi. Ushbu cho’qqi Hisor tog’ tizmasidagi suvayirg’ichning janubiy qismida, Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. Cho’qqi atrofdagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib ko’tarilgan. Cho’qqining yonidan oqib o’tuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar yastanib yotibdi.
Hisor tizmasining janubiy yonbag’ri keng, tog’oldi qiyaliklari va platolari ko’p. Ularni daryo vodiylari kesib o’tgan. Tog’lardan oqib tushadigan ko’pdan-ko’p daryolar, soylar tekislikni parchalab, o’nqir-cho’nqir jarlar hosil qilgan. Surxondaryoning o’ng qirg’og’ida Eski Termiz, Uchqizil (414 m), Zang, Xovdog (557 m), Oqqo’rg’on va chap qirg’og’ida Jayronxona, Kakaydi, Lalmikor (500 m), Oqtog’ (750 m) kabi marzalar bor. Xovdog’ marzasi shimolga qarab davom etadi va Qiziriqdara cho’liga tutashib ketadi.
Cho’l va unga yondosh hududlar ham o’ziga xos xususiyatalri bilan inson jismiga ma’lum holatda ta’sir ko’rsatadi va shu yer uchun mos hastaliklarni keltirib chiqaradi. Mazkur hududlar havo harorati va bug’lanishning yuqoriligi, nisbiy namlikning pastligi bilan tavsiflanadi. Aslida inson jismining hayoti uchun 18-21 gradusli havo harorati va 40-60- foizli nisbiy namlik qulay hisoblanadi. Doimiy yuqori harorat va namlikning ma’lum me’yorda bo’lmasligi kishi tanasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu holat o’z navbatida, asab va gormonal tizimlar bilan bog’liq hastaliklarni, shuningdek qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bunday sharoitlarda ko’pincha darmonsizlanish, alahlash, chidab bo’lmas tashnalik belgilari bilan ajralib turuvchi “cho’l kasalligi” ko’p uchraydi. Ushbu kasallikl haqidagi dastlabki ma’lumotlar sayyoh-geograflar tomonidan yozib qoldirilgan. “Cho’l kasalligi”ga chalinish oqibatida ruhiy hastaliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan, tropik mamlakatlar aholisi orasida astiniya kasalligi tarqalgan va uning vujudga kelishi mazkur hududlar tabiiy sharoiti bilan uzviy bog’liqdir.
Issiq o’lkalar tabiati va ularning inson salomatligiga ta’siri haqidagi fikrlarni Ibn Sino asarlarida ham uchratish mumkin. Chunonchi, u issiq o’lkalarda odam tanasining qoramtirligi, sochlarining jingalakligi, havoda namlikning ko’p bug’lanishi natijasida keskin kamayib ketishi inson jismining tez qarishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. Tabib balandlik yoki pastlikda joylashgan hududlar aholisining doimiy issiqlik va dimlikda yashashlari, bunday o’lkalarda sho’rhok va botqoqliklarning ko’pligi sababli suvlar tarkibi ham salbiy xususiyatlarga ega ekanligini batafsil yoritib bergan (Abu Ali ibn Sino, 1994).
Respublikaning ba’zi mintaqalarida, shu jumladan, hududimiz Surxondaryo viloyatining ko’pkina tumanlarida ichimlik suv tarkibida ftor miqdorining haddan tashqari ortiqchaligi oqibatida aholining deyarli ko’pchligida kariyes (tish chirishi) kuzatiladi. Bundan tashqari, ayniqsa, suv tarkibida yod moddasining yetishmasligi ta’sirida kishilar orasida endemic bo’qoq kasalligining ko’payib borayotganligini aytish mumkin. Bu cho’l lyossli jinslardan iborat bo’lib, mutloq balandligi 400—500 m ga yetadi. Viloyatning tekislik qismidagi keng maydonni ishg’ol qilgan Xovdog’ marzasi Qiziriqdara platosi va Sherobod cho’lini Surxon vodiysidan ajratib turuvchi suvayirg’ich hisoblanadi. Xovdog’ marzasi uchlamchi davrning qalin qatlami (qizg’ish, sariq, tuzli qumoq jinslari)dan hosil bo’lgan. Afg’on shamolining ta’sirida (eol jarayonlar) Xovdog’ juda yemirilgan va yassilanib ketgan. Uning yuza qismidan hozir ham shimoli-sharqiy yo’nalish bo’yicha qum ko’chishi uzluksiz kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatidagi bunday tabiiy sharoit insonlar salomatligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunonchi, insonlar yashayotgan hududning tabiiy sharoiti albatta ularning salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri sanaladi. Bu haqida buyuk bobolarimizdan Abu Ali ibn Sino kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlashda va davolashda tashqi muhitning (iqlim, ob-havo, turar joy, ovqatlanish) ta’siriga asosiy e’tiborni qaratganlar.U ba’zi kasalliklarni davolashda iqlimni o’zgartirish zarurligini, ya’ni dengizlarda sayohat qilish, musaffo havoli joylarga borishni tavsiya qilgan. [46].
Iqlim – ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida ob-havoning takrorlanib turishi natijasida hosil bo’ladigan tabiiy jarayon bo’lib, u eng avvalo hududning geografik o’rniga, yer yuzasining tuzilishiga, ya’ni rel’efiga, yer yuzasining holatiga, dengiz va okeanlarga yaqin va uzoqligiga, Quyosh radiatsiyasining tushish miqdoriga va nihoyat inson omiliga bog’liq.

Download 3 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Surxondaryo viloyatining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholi salomatligini saqlashdagi ahamiyati

Download 3 Mb.